Markaziy Osiyo davlatlari uchun Google Cloud'dan bepul taʼlim

Endilikda Markaziy Osiyo, Moʻg‘uliston va Afg‘onistondagi Google Developers hamjamiyati a’zolari Google Cloud/Machine Learning’ni bepul oʻrganishlari mumkin.

Dastur data-muhandislari va data-scientist mutaxassislari, axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar, backend dasturchilari va boshqalar uchun foydali boʻladi.

Kurs ishtirokchilarini Gʻarb kompaniyalaridagi mutaxassislarning haqiqiy vazifalarini ifodalovchi laboratoriya ishlari va amaliy tadqiqotlar kutmoqda.

Har bir oʻquv kvestidan (yoki laboratoriya ishidan) soʻng, koʻnikmalarni tasdiqlovchi nishon beriladi. Sertifikat olish uchun siz 5 ta nishonni jamlashingiz kerak boʻladi.

Eng koʻp nishonlarini qoʻlga kiritgan 20 nafar eng yaxshi ishtirokchilar IT Park Uzbekistan, Qirgʻiziston dasturiy taʼminot va xizmatlarni ishlab chiquvchilar uyushmasi, Astana Hub, MOST Hub Almaty, Digital Business, ER10 Media va boshqalar kabi hamkor kompaniyalarda kafolatlangan amaliyotga ega boʻladilar.

Eng yaxshi ishtirokchilar roʻyxati har ikki haftada dastur veb-saytida yangilanadi.

Iyul va noyabr oylarida Markaziy Osiyodagi eng koʻp nishonlar toʻplangan shaharda taqdirlash marosimlari boʻlib oʻtadi.

Dastur 2023-yilgacha amal qiladi.

Roʻyxatdan oʻtish va ishtirok etish uchun havola: https://rsvp.withgoogle.com/events/google_cloud_ml_learning_ca  

2023-04-25