Markaziy Osiyolik ayol dasturchilar uchun hakaton

IT Park 26-sentabrdan boshlab Markaziy Osiyo Tumaris.Hack hakatonida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

Tumaris.Hack – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston qizlari uchun mo’ljallangan onlayn tanlov.  Uning doirasida ishtirokchilar mentorlar ko‘magida ikki kun davomida ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni yechishga mo’ljallangan mahsulotlarning tajriba namunalarini ishlab chiqishi kerak.  Loyihalar jamiyat va iqtisodiy muammolarni yechishga qaratilgan bo‘lishi, ilmiy va texnologik yangiligi bilan ajralib turishi va turli nizomlar asnosida ishlashi kerak.

Tanlov USAID koʻmagida oʻtkaziladi. Hamkorlar: “Beeline Uzbekistan”, “TBC Bank” va “Huawei” kompaniyalari.

Hakaton uchta yo'nalishda o'tkaziladi:

• FinTech (moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo'shadigan yoki ushbu sohadagi muammolarni hal qiladigan ilovalar, veb-saytlar yoki samarali algoritmlarni ishlab chiqish);

• elektron tijorat (elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar, ularning joriy etilishi onlayn sotuvlar hajmini oshirish, eksport hajmini oshirish hamda mahalliy va tashqi bozorlarda tovarlarni ilgari surishda yordam berishi kerak);

• DeepTech (sun'iy intellekt, neyrotexnologiyalar, robototexnika va yangi materiallardan foydalangan holda mahsulotlarni ishlab chiqish).

Ishtirok etish uchun arizalar ham jamoaviy (3 kishigacha), ham yakka tartibda topshirilishi mumkin (yakka tartibda ariza bergan ishtirokchilar kelgusida jamoalarga shakllantiriladi).  E'tibor bering, 3 kishidan iborat jamoada ikkita ishtirokchi qiz bo'lishi  yoki jamoani qiz boshqarishi kerak.

Tadbir 4-6 noyabr kunlari rus tilida onlayn formatda o‘tkaziladi.

Xakatonning umumiy mukofot jamg'armasi: 8 000 AQSh dollari (qimmatbaho sovrinlar).

1-noyabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin:
https://clck.ru/325tFH

Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkorlar: 

• Wonder Women – rivojlanishga intilayotgan har bir ayol hamfikrlarni topishi mumkin bo‘lgan jamiyat; 

• MOST biznes inkubatori – Qozog'iston va Markaziy Osiyodagi birinchi xususiy biznes inkubator; 

• Ololo – Qirg‘izistondagi raqamli ko‘chmanchilar uchun ijodiy markaz va kelajak shahri; 

• Accelerator prosperity – Qirg‘izistondagi kichik va o‘rta biznes uchun texnik tajriba, ijodiy moliya va bozor aloqalarini ta’minlovchi yangi global tashabbus; 

• Ilmxona—Tojikistonda texnologiya va dizayn bo‘yicha ta’lim berib, ish bilan ta’minlovchi akselerator;

• StartUp Academy – biznes yoki biznes g‘oyani rivojlantirish dasturi, shuningdek, Turkmanistonda tez o‘sish va rivojlanish uchun investor topishning samarali usuli;

• Harman konsalting - Turkmanistonning autsorsing xizmatlari sohasida yuqori malakaga ega bo'lgan kichik biznes subyektlariga xizmatlar ko'rsatish bo'yicha konsalting markazi.

2022-09-26