10-mart kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida ““Project” va “Product” menejerlari kimlar” mavzusida mitap bo‘lib o‘tadi.
Tadbir spikeri – “Orient Group”ning HR-Tech loyihasi menejeri Aleksandr Gushin boʻladi.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, hamma ham mahsulot menejerining rolini tushunmaydi va koʻpincha loyiha menejeri bilan adashtirishadi. Sessiya davomida spiker sizga “Project” va “Product” menejerlari kimligini, ushbu rollar qanday oʻxshashligini va ular qanday farq qilishini soʻzlab beradi.
Sessiya oʻz mahsulotini ishlab chiqayotgan bizneslarga, ichki yoki tashqi mijozlarga, shuningdek, mahsulotni ishga tushirishni oʻylayotganlarga qiziqarli boʻladi.
Sessiya rus tilida olib boriladi. Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.
Ishtirok etish uchun arizalarni 9-mart, soat 18:00 gacha quyidagi havola orqali yuborish mumkin:
https://forms.gle/bzJ1okGEdEDtBVuC6
Aleksandr Gushin – sertifikatlangan IT Project va Product menejeri. Ilgari u Foji fotosessiya marketpleysining asoschisi va mahsulot menejeri, shuningdek Sberbank, Rostelekom, Gazprom Neftda loyiha menejeri boʻlgan.
2023-03-02