18-yanvar kuni soat 18:00 da Meta (Facebook) va boshqa kompaniyalardan 3 million dollarlik sarmoya jalb etgan Ami ruhiy salomatlik boʻyicha startap hammuassisi Beknazar Abdikamalov Oʻzbekistonlik yoshlar va startaperlar uchun meetup o‘tkazadi.
Meetup davomida Beknazar startap yaratish va rivojlantirish borasidagi tajribasi bilan boʻlishadi. Yosh startaperlarga yirik fondlar va investorlardan investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro bozorga chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Beknazar Abdikamalov Qoraqalpog‘istonlik. Ilgari Amazonda dasturiy taʼminot muhandisi boʻlib ishlagan, hozirda u Ami ruhiy salomatlik boʻyicha startapning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Janubiy Koreya va O‘zbekistondagi hamkorlari bilan birgalikda u Meta (Facebook) hamda Goodwater Capital (Kakao, Coupang va Viva Republica), Strong Ventures, January Capital va Collaborative Fund investorlaridan $3 million sarmoya oldi. Loyiha psixiatrik yordamni yanada qulayroq qilishga yordam beradigan onlayn maslahat seanslarini oʻz ichiga oladi. Bu Osiyo mamlakatlaridagi kompaniyalar egalariga oʻz xodimlarining ruhiy salomatligini yaxshilash uchun ushbu softʼni joriy etish imkonini beradi.
Ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 18-yanvargacha (shu kuni ham) quyidagi havola orqali: https://forms.gle/KhsHUYdsDwCHBf6MA
2023-01-16