“mGovAward 2021”da ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish boshlanganini e’lon qilamiz.
“MGovAward 2021” keng koʻlamli respublika tanlovi boʻlib, unda ishtirokchilar 8 ta yoʻnalishdan biri boʻyicha mobil ilovani ishlab chiqishi kerak:
1. Ta’lim;
2. Sog‘liqni saqlash;
3. Turizm;
4. Transport va logistika;
5. Tadbirkorlik;
6. Ekologiya va toza energiya;
7. Moliya va soliqlar;
8. Qonunchilik.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi $100 000 tashkil etadi, bunda:
1-o‘rin – $50 000;
2-o‘rin - $30 000;
3-o‘rin – $20 000.
Ishtirok etish qoidalari:
- jamoadagi ishtirokchilarning minimal soni 3 ta;
- 1 ta loyiha turli toifalarda ishtirok eta olmaydi;
- tanlovning oldingi to‘lqinlarida taqdim etilgan loyihalar faqat katta yangilanishlar/takomillashtirishlar taqdim etilgan va asoslantirilgan taqdirdagina ko‘rib chiqiladi;
- taqdim etilgan ilova to‘liq funktsional bo‘lishi kerak.
Qanday qilib ishtirokchi boʻlish mumkin:
- jamoani yig‘ish;
- http://mgovaward.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tish;
- yo‘nalishni tanlash;
- ilova haqida video taqdim etish (3 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan);
- ilovani fayl sifatida taqdim etish.
Muddati:
- 2022-yil 20-yanvardan 1-fevralgacha tanlov doirasida O‘zbekistonning barcha hududlarida talabalar bilan uchrashuvlar;
- mobil aloqani rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar va seminarlar - 2022-yil 6-fevraldan 28-fevralgacha;
- arizalarni qabul qilishning oxirgi kuni - 28-fevral 2022-yil.
Sovrin uchun kurashib, davlat va jamiyat uchun foydali mahsulotni realizatsiya qilish imkoniyatini boy bermang.
Muhim:
Saytni yuklash uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Saytga kompyuter yoki noutbuk orqali kirish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, loyihaning rasmiy ishga tushirilishi 2021-yilning 11-dekabrida bo‘lib o‘tdi. Tanlov tashkilotchilari: IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, BAA hukumati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
2021-12-24