IT Park xodimlari O‘zbekistonning turli hududlariga tashrif buyurishda davom etmoqda, ular yoshlar bilan uchrashib, “mGovAward” tanlovi haqida suhbatlashmoqdalar.
2022-yil 28-fevral kuni Roadshow davomida IT Park xodimlari bir vaqtning o‘zida ikkita viloyatga, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga tashrif buyurishdi:
- Birinchi manzil – Guliston davlat universiteti, unda 350 nafar talaba qatnashdi;
- Ikkinchi manzil – Jizzax shahridagi Sambhram Hindiston universiteti, unda 150 nafar talaba ishtirok etishdi.
Roadshow seminarlarining barcha ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish va ularga aniq javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Seminarlarning eng faol ishtirokchilari eng qiziqarli savollari bilan IT Park sovg‘alarini, ya’ni “mGovAward” tanlovining merchini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
Eslatib oʻtamiz, «mGovAward» doirasidagi Roadshow joriy yilning 24-fevralda boshlangan va 5-mart kuni yakunlanadi.
Uchrashuvlar jadvali va manzillar bilan tanlovning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin: https://mgovaward.uz
Konkurs haqida:
«mGovAward» – davlat xizmatlari sohasida ilovalarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlov. “mGovAward” tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning davlat bilan hamkorlikda ishlashga qiziqishini oshirish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yuqori sifatli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat. Eng yaxshi ishlab chiqilgan yechimlar davlat muassasalarida joriy etiladi. Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.
2022-03-01