29-yanvar kuni soat 11:30 da Raqamli texnologiyalar vazirligining konferensiyalar zalida “mGovAward” tanlovining uchinchi toʻlqin gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va BAA hukumati koʻmagida IT Park tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda davlat tashkilotlari va startap ekotizimlar vakillari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, BAAʼdan kelgan hamkorlar: janob Abdulla Nasser Luta (Vazirlar mahkamasining raqobatbardoshlik va tajriba almashish boʻyicha oʻrinbosari), janob Salim Al-Shami (BAA Bosh vaziri devonining davlat xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha ijrochi direktori) va Manal Bin Salim xonim (guruh rahbari, tajriba almashish boʻyicha davlat idorasi) ishtirok etishdi.
Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Oleg Andreevich Pekos ochib berdi. Vazir oʻrinbosari “mGovAward” tanlovini oʻtkazishdan asosiy maqsad — yoshlarning hukumat bilan hamkorlikda ishlashga qiziqishini oshirish va mobil davlat xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha sifatli yechimlarni ishlab chiqish ekanligini va ishlab chiqilgan eng yaxshi yechimlar davlat organlarida amaliyotga tatbiq etilishini taʼkidladi.
Tadbir doirasida IT Park ijrochi direktori Abdulahad Qoʻchqorov va janob Salim Al-Shami ishtirokida panel muhokamasi boʻlib oʻtdi, unda tanlov natijalari va ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda “mGovAward” tanlovining ikkinchi toʻlqini gʻolibi, “Tahrirchi” loyihasi asoschisi — Muhammadsaid Mamasaidov motivatsion nutq soʻzladi. U oʻzining muvaffaqiyati va tanlovda ishtirok etish loyihani rivojlantirishga qanday yordam bergani haqida gapirib berdi.
mGovAward — davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish boʻyicha respublika tanlovi boʻlib, sovrin jamgʻarmasi $100 000 ni tashkil etadi. Tanlovning uchinchi toʻlqinida qatnashish uchun jami 63 ta jamoa ariza topshirgan boʻlib, shundan 20 ta loyiha “Demo Day” bosqichiga yetib keldi.
Tanlovda quyidagi loyihalar gʻolib deb topildi:
Eslatib oʻtamiz, tanlovning uchinchi toʻlqini 2023-yil 1-iyulda boshlangan edi. Ishtirok etish doirasida tanlov ishtirokchilari quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha davlat sektori uchun mobil ilovani ishlab chiqishlari kerak edi:
2024-01-29