Microsoft Office va Adobe dasturlari bo‘yicha milliy chempionat!

IT Park va Certiport xalqaro test markazi 2023-yil 10-aprelda imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum doirasida Microsoft Office va Adobe tanlovining milliy bosqichi uchun arizalarni saralash boshlanganini e’lon qiladi.

Microsoft Office va Adobe - bu Microsoft ofis ilovalari va Adobe dasturlari bilan ishlash koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazadigan global musobaqa hisoblanadi. Ba‘zi mamlakatlarda yoki mintaqalarda talabalar birinchi milliy bosqichda ishtirok etishlari shart, uning natijalariga ko‘ra eng yaxshi talabalar o‘z mamlakatlarini jahon chempionatida namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Hujjatlar 15 iyunga qadar qabul qilinadi. Biroq, xalqaro chempionat ishtirokchisiga aylanish uchun 15-iyungacha sertifikatga ega bo‘lish kerak. 15-iyundan keyin sertifikat olgan talabalar AQShda bo‘lib o‘tadigan xalqaro chempionatda ishtirok eta olmaydi.

Milliy chempionat g‘oliblarini qanday sovg‘alar kutmoqda?

  • 1-o‘rin: $ 4 999, kubok, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 2-o‘rin: $ 2499, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati;
  • 3-o‘rin: $ 999, medal, Microsoft yoki Adobe xalqaro sertifikati.

Bosqich natijalariga ko‘ra 30-iyul kuni AQSH’ning Orlando shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etish uchun 13 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar nomzod saralab olinadi.

AQSHda boʻlib oʻtgan xalqaro chempionat gʻoliblarini pul mukofotlari kutmoqda:

  • 1-o‘rin: 8 000 AQSh dollari;
  • 2-o‘rin: 4 000 AQSh dollari;
  • 3-o‘rin: 2 000 AQSh dollari.

Tanlov ishtirokchilarining barcha yoʻl va ishtirok xarajatlari Certiport xalqaro test markazi tomonidan qoplanadi. Bundan tashqari, xalqaro IT sertifikatiga ega boʻlgach, siz oʻqish va imtihon xarajatlari uchun 50% gacha kompensatsiya olishingiz mumkin. Kompensatsiya olish boʻyicha tafsilotlar: https://it-istedod.uz/index-ru

O‘quv qo‘llanmalari, amaliyot testi va imtihon vaucheri xalqaro sertifikat olish imkoniyatini oshirishga yordam beradi. Eslatib o‘tamiz, bu materiallarning barchasining narxi avval 150 AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, endi sizda bor-yo‘g‘i 500 ming so‘mga xarid qilish imkoni bor.

Ro‘yxatdan o‘tish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: https://forms.gle/KbKTQNSfeK2FuHQo6

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +99895 6818686

Telegram orqli bog‘lanish: https://t.me/certification_trainings_bot

Batafsil ma’lumot va tanlovda ishtirok etish qoidalari: https://certiport.uz/

Eslatib o‘tamiz, Certiport – bu Amerika kompaniyasi boʻlib, butun dunyo boʻylab 15 000 dan ziyod markazlarda oʻtkaziladigan testlarni ishlab chiqish va avtomatlashtirilgan testlarning yetakchilardan biri hisoblanadi. Xalqaro tanlov ishtirokchisiga aylanish uchun 2023-yil 15-iyungacha Certiport test markazida Microsoft Certified Educator va Adobe Certified Educator sertifikatlariga ega bo'lish lozim. Barcha ishtirokchilardan eng yuqori natijaga erishgan 6 kishi tanlab olinadi hamda barcha yo‘l va ishtirok xarajatlari qoplanadi.

2023-05-03