Asadbek Abdurahmonov 2000-yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan.
Bolaligidan grafik dizaynga qiziqqan Asadbek 14 yoshida dasturlarni mustaqil o'zlashtira boshladi. Ayniqsa, Adobe After Effects va Adobe Photoshop dasturi unda alohida qiziqish uyg’otdi.
Asadbek faoliyatidagi ilk qadamini oradan bir yil o‘tib, 15 yoshida qo‘ydi. Bosmaxonada amaliyot o‘tayotgan kezlari xodimlardan biri unga Adobe Illustrator, Adobe Premiere, Blender, Adobe Xd kabi dasturlarni o‘rgata boshlagan. U yerda Asadbek qo‘shimcha pul ishlab, bilim va ko’nikmalarini oshira boshladi.
2019-yilda 19 yoshida u o'z bosmaxonasini ochib, uchta yosh mutaxassisni yolladi. Jamoa 3 yil davomida turli buyurtma va loyihalar bilan ishladi. Karantin vaqtida ularning faoliyati bir muddatga to’xtagan bo’lsa-da, hozirda bosmaxona Jizzax va poytaxtdagi turli savdo nuqtalari va doʻkonlari, oʻquv markazlari va bir nechta kafelar bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozir yigit 22 yoshda, u Moskva davlat boshqaruvi institutining 3-kurs talabasi sifatida sirtdan o'qiydi. Bundan tashqari, Asadbek “Technomart”, “Indenim” kabi yirik mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi, shuningdek, Jizzax IT markazidagi grafik dizayn kursi o‘qituvchisi. Yosh muallim oyiga 50 dan ortiq talabalarga saboq beradi. Ulardan ba'zilari allaqachon shaharning ko'plab taniqli korxona va firmalarida o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlab kelmoqda.
Bundan tashqari, Asadbek yirik autsorsing platformalaridan birida frilanser bo‘lib ishlaydi, u yerda buyurtma va loyihalarni qabul qiladi.
Asadbekning orzusi reklama agentligi ochish va u yerga malakali mutaxassislarni taklif etish.
O'qituvchilik va mustaqil faoliyat qahramonimizga katta daromad keltiradi. Asadbek oyiga 1000 dollar yoki undan-da ko‘p maosh oladi va bu bilan cheklanish niyati yo‘q. U o‘z misolida yosh bo‘lishga qaramay yaxshi daromad olish mumkinligini, har qanday yosh mutaxassis shu kabi yoki undan-da yuqori natijalarga erisha olishini isbotlab kelmoqda.
2022-09-09