5-oktyabr kuni yana bir IT-Markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Namangan viloyatining Pop tumanidagi Uyg‘ursoy shaharchasida yangi muassasa ochildi.
Yangi Markaz malakali kadrlar tayyorlash va ularga axborot texnologiyalari sohasida bilim berishdan iborat. Shunday qilib, yosh mutaxassislar ushbu bilimlarni kelajakda IT olamida tegishli lavozimlarni egallashda qoʻllashlari uchun mo‘ljallangan.
IT-Markazda IT sohasida sifatli ta’lim olish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan: o‘quv xonalari kompyuterlar, uzluksiz elektr ta’minoti va yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan.
Bunday turdagi o‘quv markazlari yoshlar bandligini ta’minlash, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratish, IT-xizmatlari eksportini ko‘paytirishga xizmat qilmoqda.
Shu kuni AKT Vazirligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda IT Park Namangan filiali mutaxassislari markazda o‘qishni istagan talabalar bilan muloqot o‘tkazdilar.
2022-10-07