Navoiy viloyatida “Tech skills” tanlovi bo’lib o’tdi

10-sentabr kuni IT-Parkning Navoiy viloyatidagi filialida kompyuter savodxonligi bo‘yicha “Tech Skills” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir IT-parkning viloyat filiali tomonidan AKT vazirligining viloyat boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda “Skillbox” kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot texnologiyalari sohasida keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.

Unda Navoiy viloyatining turli tumanlarida yashovchi jami 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Hakamlar hay'ati a'zolariga natijalariga ko'ra quyidagi ishtirokchilar g’olib deb topildi:
 • 1-o‘rin: Doniyor Qahramonov (Karmana tumani)
 • 2-o‘rin: Arman Aliqulov (Tomdi tumani)
 • 3-o‘rin: Ozodbek Po‘latov (Navbahor tumani)

Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar, shuningdek, Navoiy viloyatidagi IT markazlarida bepul o‘qish uchun vaucher va sertifikatlar topshirildi.

Birinchi o‘rin g‘olibiga “Skillbox” onlayn platformasida bepul o‘qish uchun sertifikat topshirildi.

2022-09-12