Ma’lumki, IT Park rezidentlari o‘z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qarori talablariga muvofiq olib borishi hamda IT Park rezidentining faoliyat yuritish shartlari toʻgʻrisidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi lozim.
IT Park Direksiyasi yaqinda o‘z majburiyatlarini bajarmagan 27 ta kompaniyaning maqomini bekor qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-sonli qaroriga muvofiq, Nizom talablarini buzgan yuridik shaxslar Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilinadi, soliq imtiyozlari esa belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlash majburiyatlarini tiklash bilan bekor qilinadi.
Hozirgi kunda IT Park rezidentlari sifatida 466 ta IT-kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda.
Taʼkidlash joizki, IT Park rezidentlarining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Nizomning faoliyat turlariga asoslangan biznes-rejada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
-IT Park Direksiyasiga har chorakda faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
-moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining yillik auditini oʻtkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park Direksiyasiga yuborish;
- Rezidentning IT Park Direksiyasi bilan ishlash shartlari toʻgʻrisidagi Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.
Chetlatilgan kompaniyalar ro'yxatini havola orqali topishingiz mumkin: https://it-park.uz/storage/images/newsimage/Список_1622560979_1622616538.docx
2021-06-01