IT Park “Green White Solutions” kompaniyasi bilan birgalikda oʻqituvchilar uchun dasturlash texnikasi boʻyicha treninglar boshlamoqda.
"ToT" (o'qituvchilar uchun treninglar) vazifasi o'qituvchilarga dasturlash bo‘yicha treninglarni o‘tkazish metodikasini va texnikasini o‘rgatishdan iborat va bu orqali IT ta'limi uchun zarur bo'lgan malakali o'qituvchilarni tayyorlash. O'qish davomiyligi 7 oy (onlayn va oflayn shaklda). Darslar o'zbek tilida bo'lib o'tadi.
Ishtirokchilar tanlov asosida tanlab olinadi, ular 2 bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqich matematika va ingliz tilidan testlarni o'z ichiga oladi. Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan ishtirokchilar ikkinchi bosqichga qabul qilinadi hamda ushbu bosqichda mutaxassislar bilan suhbatlashadilar.
Ishtirokchilar soni cheklangan. Ikkinchi bosqich yakunida har bir hududdan 3 nafardan eng yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ishtirokchilar saralab olinadi.
Saralab olingan ishtirokchilar ichidan muvaffaqiyatli o'qib va yakuniy imtihonni topshirgan eng yaxshi ishtirokchilar Green White Solutions kompaniyasiga ishga qabul qilinadilar.
* Ishga qabul qilingan ishtirokchi o'rgangan ko'nikmalaridan foydalanib, o'z hududida kamida 7 oy davomida o'quvchilarni o'qitish majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar:
• oliy maʼlumot;
• ingliz tilini bilish (Intermediate va undan yuqori);
• matematikani bilish (maktab kursi);
• pedagogik tajriba;
• dasturlashni bilish afzallik bo'ladi.
Ishtirok etish uchun havolaga o'ting va ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/Qpwp9GiDoXMDVVb5A
Arizalar 22-aprelgacha qabul qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, “Green White Solutions” biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun o'z mahsulotlarini ishlab chiqish va takomillashtirish bilan shug'ullanadi.
2023-04-12