27-mart kuni soat 16:00 da Toshkent shahridagi Gyote institutida o‘yin yaratish bo‘yicha “GameDev Goethe” inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimi doirasida inkubator ishtirokchilari uchun Open Air tashkil etiladi.
GameDev Goethe - bu o‘yin yaratish bo‘yicha O‘zbekistondagi ilk inkubator. Loyihaning maqsadi - o‘yin o‘ynashga qiziqadigan yoshlarga mushtarak fikrlarni topishda va o‘z o‘yinlarini yaratishda yordam berishdan iborat. Loyiha davomida o‘yinni yaratish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislar tomonidan ko‘mak ko‘rsatiladi. Loyiha IT Park ko‘magida Toshkentdagi Gyote Instituti tomonidan tashkil etildi. 2020-yilda bo‘lib o‘tgan inkubatorning birinchi mavsumiga kutilgandan ko‘proq, ya’ni 550 ta ariza kelib tushdi. Arizalar qabul qilishni 15-fevral kuni boshlagan inkubatorning ikkinchi mavsumiga esa 700 dan ortiq ariza kelib tushdi.
GameDev Goethe inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimida ishtirokchilarga loyiha haqida batafsil ma’lumot berish va birinchi mavsum davomida yaratilgan mobil o‘yinlarni namoyish etish ko‘zda tutilgan. Ochilish marosimi doirasida inkubator hamkori VRonica tomonidan yangi o‘yinning debyuti “Music of Mass Destruction” virtual reallik formatida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar ishtirokchi va marosim mehmonlarning bir-birlari bilan tanishishlari va o‘zaro muloqot qilishlari uchun yoqimli muhit yaratishni o‘z zimmalariga oladilar.
Marosim mehmonlari va OAV vakillari uchun Gyote Instituti ichida yopiq matbuot anjumani va kofe-breyk tashkillashtirish rejalashtirilgan. Matbuot anjumani ochilish marosimidan bir soat oldin, ya’ni soat 15:00 da bo‘lib o‘tadi.
Agar siz matbuot anjumanida hamda GameDev Goethe inkubatori ikkinchi mavsumining ochilish marosimida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi manzillar orqali tashkilotchilarga murojaat qiling:
Telegram: @salihoff
Email: gavhar.sakirova@goethe.de
Tadbir boshlanish vaqti: 16:00
2021-03-23