Biroz avval biz «SEEDSTARS WORLD 2020/21» –rivojlanayotgan mamlakatlarning eng yirik startap tanloviga roʻyxatdan oʻtish boshlanganligini eʻlon qilgan edik.
Seedstars faoliyati 90 dan ziyod rivojlanayotgan ekotizimlarni, jumladan, Online Seedstars World Competition, akseleratsiya dasturlari, Seedspace xablari, venchur investitsiyalari va kompaniyalarni yaratish faoliyati singari turli tadbirlarni qamrab oladi.
Tanlovning navbatdagi bosqichi mahalliy gʻoliblarni viloyat bosqichiga olib boradi. Viloyat bosqichi yakunida 10 ta startap 50 000 AQSH dollar olishadi, shuningdek, aprel oyida boʻlib oʻtadigan “Grand Final”da oʻz mamlakatlari nomidan ishtirok etish va $500,000 investitsiya uchun kurashish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Keyingi bosqichga oʻtgan startaplar:
● IMAN (Oʻzbekiston) - bu sotuvchi, xaridor va investorlarni, islomiy moliyalashtirish tamoyillaridan foydalangan holda, savdo-sotiq punktlarida birlashtiradigan savdo maydonchasi.
● ABC Planet (Ozarbayjon) - ABC Planet multfilm va mobil oʻyinlar yordamida maktabgacha taʻlim sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan loyiha.
● PharmBonus (Belarus) - PharmBonus dasturi barcha darajadagi tibbiyot mutaxassislarini xalqaro darajadagi taʻlim va axborot-kommunikatsiya platformasida birlashtiradi.
● BrikkApp (Chexiya) - bu yakka tartibdagi investorlarga 100 yevrodan boshlab eng yaxshi koʻchmas mulk sarmoyasini topishga imkon beruvchi platforma.
Va boshqa davlatlardagi koʻplab startaplar.
IMAN loyihasi haqida
IMAN loyihasi eng yirik xalqaro startap tanlovi – «SEEDSTARS WORLD COMPETITION 2020/21» ning mintaqaviy finalida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etadi. Aprel oyida kompaniya 500 000 AQSh dollari miqdoridagi sovrin uchun kurashadi.
IMAN dasturi
IMAN – uchta mahsulotni birlashtiradigan dunyodagi birinchi dastur hisoblanadi: electron bozor, boʻlib toʻlash xizmati va sarmoya. Har bir xizmat turli xil platformalarga integratsiya qilinishi mumkin boʻlgan mustaqil mahsulot hisoblanadi. Dasturning oʻziga xosligi shundaki, barcha xizmatlar islomiy moliyalashtirish tamoyillari asosida ishlaydi va kamida 1 000 000 soʻmga ega boʻlgan istalgan shaxs investor sifatida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
IMAN Marketplace - bu turli xil onlayn va oflayn doʻkonlarning 10,000 dan ortiq mahsulotlarini oʻz ichiga olgan onlayn gipermarketdir. IMAN Marketplace’ga ulanish va sotishni boshlash uchun siz IMAN biznes tizimiga ulanishingiz va omboringizni har kuni yangilab turishingiz kerak. Ushbu platformada kiyim-kechak, maishiy texnika, koʻchmas mulk va mashinalar kabi turli xil tovarlar namoyish etiladi. Ularni IMAN Pay ikkinchi xizmati orqali qismlarga boʻlib sotib olish mumkin.
IMAN Pay - bu tovar va xizmatlarni qismlarga boʻlib sotib olish uchun yaratilgan xizmat turi. Bugungi kunda ushbu xizmatdan uyingizdan chiqmasdan yoki Oʻzbekistondagi 100 dan ortiq doʻkonlarning kassalarida foydalanishingiz mumkin. Barcha tovarlar IMAN Invest xizmati orqali moliyalashtiriladi.
IMAN Invest - bu qulay investitsiya va pulni boshqarish xizmati. Shaffof va qulay investitsiya platformasini istagan har qanday shaxs investor sifatida IMAN Invest’dan foydalanishi mumkin.
“Biz Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek Markaziy Osiyodan chiqqan 17 nafar mahalliy gʻoliblarni SSW tanlovining mintaqaviy bosqichida koʻrib turganimizdan juda mamnunmiz. Men sarmoyaga tayyorlik dasturida qatnashish va pitching musobaqasining oʻzi bizning tadbirkorlarimizga bilimlarini oshirish va kuchliroq boʻlishiga yordam beradi deb oʻylayman. Men finalchilarimizga muhlislik qilaman va barchaga omad tilayman! Mahalliy musobaqalarning barcha ishtirokchilari va sheriklariga yana bir bor minnatdorchilik bildirmoqchiman va kelgusi yil sizlar bilan uchrashishga umid qilaman ", - ZARINA GABDOLOVA, Seedstars kompaniyasining CEE & Central Asia mintaqaviy menejeri
Tanlovning mintaqaviy bosqichi har oyda investitsiyaga tayyorgarlik dasturini, boshlangʻich tashkilotlarga sarmoyalarni tayyorlashga yordam beradigan qayta ishlangan va moslashtirilgan dasturni oʻz ichiga oladi.
Tanlovning mintaqaviy bosqichining onlayn videolari 2021-yil yanvar oyining soʻngida efirga uzatiladi. Tomoshabinlar tanlov gʻolibining har bir chiqishlarini koʻrishlari va startap jamoalarining hikoyalari haqida koʻproq bilib olishlari mumkin. Mintaqaviy gʻoliblar har bir seriya oxirida eʻlon qilinadi va 2021- yilning mart oyida boʻlib oʻtadigan Global Finalga yoʻl oladi.
IMAN: https://iman.uz/
2020-11-27