O‘zbekiston Krakovdagi ABSL Summit 2025 tadbirida global autsorsing salohiyatini namoyish etdi

IT Park Uzbekistan Polshaning Krakov shahrida bo‘lib o‘tgan “ABSL Summit 2025” — Markaziy va Sharqiy Yevropaning global biznes xizmatlari (GBS) va IT-autsorsing sohasidagi yetakchi tadbirida. Embrace Technology, Empower People” shiori ostida o‘tkazilgan sammitda 1500 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, “Fortune 500” ro‘yxatidagi kompaniyalar, davlat delegatsiyalari, venchur fondlari va xalqaro uyushmalar vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston: Yevropa va MENA mintaqasida yaqin autsorsing uchun istiqbolli yo‘nalish

Yosh, texnik jihatdan malakali aholi va faol raqamli siyosat tufayli O‘zbekiston jadal sur’atlar bilan yangi avlod autsorsing markaziga aylanmoqda. IT Park Uzbekistan’ning sammitdagi ishtiroki mamlakatning IT va BPO-xizmatlari sohasida mintaqaviy yetakchiga aylanishdan iborat strategik maqsadini ta’kidladi.

“O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mintaqalar moslashuvchan tartibga solish, hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan innovatsiyalar va yosh, texnologik jihatdan tayyorlangan kadrlarni birlashtirish orqali nimalarga erishish mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda,” — dedi IT Park Uzbekistan bosh direktori maslahatchisi va iste’dodlarni jalb qilish bo‘yicha direktori Ahmed Aboulezz. — “Yevropa hali ham zarur vositalarga ega — ammo hozir tezkor harakat qilish va hamkorlik o‘rnatish muhim. Polsha va O‘zbekiston uchun bu o‘zaro manfaatli imkoniyat: bizning tomonimizdan — tezlik va innovatsiyalar, ularning tomonidan esa uzoq muddatli strategiya va mukammal ijro.”

Sammitning asosiy yakunlari:

  • Markaziy Osiyoga qiziqish bildirayotgan xalqaro kompaniyalar va texnologik uyushmalar bilan 30 dan ortiq strategik aloqalar o‘rnatildi.
  • “Atos”, “Proservartner” va “Osaic” kompaniyalari rahbarlari bilan birgalikda global biznes xizmatlari kelajagiga bag‘ishlangan yalpi majlisda yuqori darajada ishtirok etildi.
  • O‘zbekiston raqobatbardosh, qonuniy talablarga mos va tejamkor autsorsing markazi sifatida targ‘ib qilindi.
  • Investorlar O‘zbekistonning texnologik infratuzilmasi, kadrlar salohiyati va davlat imtiyozlariga qiziqish bildirdilar.

Sammit shuni yaqqol ko‘rsatdiki, global biznes xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar o‘z e’tiborini faol ravishda rivojlanayotgan bozorlarga qaratmoqda. Yevropaning an’anaviy markazlarida xarajatlarning o‘sishi, kadrlar tanqisligi va infratuzilmaning to‘yinishi tufayli O‘zbekiston kabi hududlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yosh va o‘qimishli aholi hamda rivojlanayotgan raqamli infratuzilma tufayli O‘zbekiston Yevropa va MENA mintaqasi uchun yaqin autsorsing bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishga aylanishi mumkin. 

“ABSL” sammiti shuni ko‘rsatdiki, global biznes xizmat ko‘rsatuvchilar Yevropaning haddan tashqari to‘yingan bozorlariga muqobil izlamoqda va O‘zbekiston bu borada jiddiy nomzod sifatida maydonga chiqmoqda. Raqamli imkoniyatlarning kengayishi, qo‘llab-quvvatlovchi islohotlar va texnologiya sohasidagi iste’dodli yoshlarning yangi avlodi tufayli mamlakat Yevropa va MENA mintaqasi uchun yaqin autsorsing bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.   

Sammit nafaqat O‘zbekistonning strategik pozitsiyasini tasdiqladi, balki tezlik, kengayish va ishonchlilik muhimligini ham ta’kidladi. O‘zbekiston hozirda global e’tiborni jalb qilish va Yevropa hamda Yaqin Sharq mintaqasida yuqori qiymatli autsorsing xizmatlarini ko‘rsatuvchi asosiy markazga aylanish uchun noyob imkoniyatga ega.

IT Park Uzbekistan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, keng ko‘lamli innovatsiyalarni rivojlantirish va mahalliy IT-kompaniyalar hamda startaplar uchun xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.

2025-07-03