O‘zbekiston mutaxassislari TechStans Podcast dasturini ishga tushirishdi

IT Park hamkorlari, jumladan, IT Park rezidenti, Express24 va MyTaxi asoschisi Akmal Payziyev, Stenford bitiruvchisi, huquqshunos Asror Arabjanov va Yel Universiteti bitiruvchisi, Aloqaventures va Plug and Play startap investori Abdul Sharopov yangi loyiha — IT va Tech mavzusiga bag‘ishlangan podkastni ishga tushirishdi.

TechStans Podcastʼning yangi podkastida mutaxassislar hafta davomida texnologiya olamida sodir bo‘lgan voqealar haqida gapirishadi, turli yangiliklarni, jumladan, mahalliy startaplarni, Tech kompaniyalarini muhokama qiladilar va asosiy tushunchalarni tushuntiradilar.

Loyiha 19-martda boshlangan va hozirda 4-qismi chiqishga tayyorlanmoqda.

Birinchi epizod Yandex Eats, Modme startapi va Silicon Valley Bank haqida edi. Ikkinchi sonda loyiha asoschilari akseleratsiya dasturlari, ChatGPT, Xitoy-Amerika “chiplar” urushi haqida gapirishdi. Podkastning uchinchi sonida mutaxassislar bugungi kunda universitet ta’limining roli, sun’iy superintellektning yadro quroliga o‘xshashligi, kiberjinoyat asrida moliyaviy savodxonlik haqida so‘zlab berishdi.

Podkast Telegram kanalida oʻzbek tilida chiqadi. Yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, TechStans Podcast tez orada YouTube platformasida ham chiqadi.

Epizodlarni quyidagi havola orqali tinglashingiz mumkin: https://t.me/techstans

Eslatib oʻtamiz, Kremniy vodiysi mutaxassisi – Asror Arabjanovning startapni rivojlantirish mavzusida katta maqolasi chiqarilgan edi.  Mutaxassis o‘z maqolasida kompaniyaning kapitallashuvi nimani anglatishini, g‘oya qancha turadi, startap narxi qanday baholanishi va g‘oyangizga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan yirik investorlarni qanday topish mumkinligi haqida gapirib beradi.

2023-04-07