Oʻzbekiston tijorat banklari uchun startaplarning birinchi taqdimotlar sessiyasi natijalari

Venchur va startap ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekistonning yirik banklari va startap taʼsischilari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida 14-may kuni birinchi taqdimotlar sessiyasi boʻlib oʻtdi, unda respublikaning 16 ta yirik tijorat banklari vakillari 13 ta startaplar loyihalarning taqdimotlari bilan tanishdilar.

Taqdimot ishtirokchilari orasida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari uchun texnologik yechimlarini taklif qiluvchi yangi va allaqachon tanilib ulgurgan loyihalar ham bor edi.

Xususan, tadbirda moliyaviy texnologiyalar, taʼlim, elektron tijorat, sunʼiy intellekt, biznesni avtomatlashtirish sohalaridagi loyihalar namoyish etildi.
Sessiyada quyidagi startaplar soʻzga chiqishdi:

Sug'urta Bozori - onlayn sugʻurta marketpleysi.

Jett - fond bozorida aksiyalarni sotish boʻyicha raqamli xizmat.

Mohirdev - IT-taʼlim platformasi.

Coozin - oʻz oʻzini band qilganlar uchun raqamli platforma.

Ustabor - oʻz oʻzini band qilganlar uchun raqamli platforma.

Finq - moliyaviy xizmatlar raqamli marketpleysi.

Cradle AI - intellektual video tahlil tizimi.

AirCaravan - sayohat marketpleysi.

Zypl.AI - kreditlarni baholashning intellektual tizimi.

KPI - xodimlarni boshqarish va ish jarayonlarini avtomatlashtirish raqamli platformasi.

YOTO - elektr samokatlar ijarasi.

Beautify - Oʻzbekiston goʻzallik sanoatining barcha ishtirokchilarini birlashtirish uchun onlayn platforma.

The Mind - korporativ gʻaznachilik tizimi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Plug and Play Uzbekistan” vakili kompaniyaning Oʻzbekiston hududidagi faoliyati hamda oʻzining jahonning yetakchi banklari bilan hamkorlik qilish tajribasi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot berdi.

Bundan tashqari, taqdimotlar sessiyasida banklar va startaplar oʻrtasida yanada yaqinroq hamkorlik qilish variantlari taklif etildi, bu esa bank sohasini rivojlantirish, uning xizmat koʻrsatish va texnologiyalari darajasini oshirish uchun yangi imkoniyatlar taqdim etadi. Xususan, banklarda amaliyotga joriy etish uchun tajriba loyihalarini ishlab chiqish, bank xizmatlarini raqamlashtirish doirasida startap-mahsulotlarni integratsiyalash boʻyicha takliflarni baholash hamda startaplar va banklar oʻrtasida muntazam ravishda taqdimotlar sessiyalarini oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bularning barchasi, oʻz navbatida, mintaqa moliya sektorining innovatsion rivojlanishiga va Oʻzbekiston banklari tomonidan startaplarga yangi investitsiyalarni jalb etishga yordam beradi.

 
 

2024-05-14