IT-Visa
IT-Visa IT sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari uchun joriy etilmoqda.
Viza 3 yil muddatga amal qiladi. Ushbu muddat davomida O‘zbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin. Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va ta’lim) ega bo‘ladilar.
IT-visaga ega bo‘lish uchun IT Park tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.
Batafsil maʼlumot: https://itvisa.uz/
Dividendlar
Endilikda IT-Park rezidentlarining xorijiy taʼsischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi, ushbu stavka avvalroq 10 foizni tashkil etgan edi.
Chet el valyutasida to‘lovlar
IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy ta’sischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada to‘lashlariga ruxsat etiladi.
Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi
Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Ishga joylashish uchun PINFL kifoya.
Virtual ofis
IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega bo‘lish talabi bekor qilindi. Endilikda IT Park rezidentlari IT Park direksiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming so‘mni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.
Virtual ofis uchun shartnoma kompaniyani ofisning yoʻqligi sababli soliq xavfi yuqori subyekt toifasiga kiritish uchun asos boʻla olmaydi.
Relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda ko‘mak beriladi:
- Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o'tkazish;
- Bank hisob raqamini ochish;
- Soliq organlarida roʻyxatdan o'tish;
- Mutaxassislarni izlash;
- Ofis izlash va ijarasi.
IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam ko'rsatiladi:
- IT Park rezident kompaniyalarida ishga joylashish;
- Tibbiy sug'urtani ro'yxatdan o'tkazish;
- Uy-joy izlash;
- Bank hisob raqamini ochish;
- Hujjatlarni rasmiylashtirish;
- Bolalarni maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish.
Shuningdek, IT-mutaxassislari va ularning oila aʼzolari uchun Toshkent shahriga koʻnikish oson kechishida koʻmaklashish maqsadida axborot-qoʻllanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin.
2022-04-01