O‘zbekistonda ICPC olimpiadasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi

8-oktabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda IT Park’ning hududiy filiallarida ICPC - dasturlash bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasining hududiy bosqichi o‘tkazildi. 

Ushbu chempionatda mamlakat bo‘ylab 200 dan ortiq jamoa ro‘yxatdan o‘tdi va ulardan 150 ta jamoa ishtirok etdi.  

Ishtirok etgan jamoalar orasidan  80 ta jamoa saralash bosqichida  g‘olib bo‘ldi va 22-oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga yo‘l oldi.

ICPC - bu butun dunyo bo'ylab universitet talabalari o'rtasida har yili o'tkaziladigan dasturlash chempionati. Har yili unda 10 000 dan ortiq jamoalar ishtirok etadi. Chempionat finalchilari FAANG guruhiga kiruvchi kompaniyalar, (global texnologiya yetakchilari Facebook, Amazon, Apple, Netflix va Google), shuningdek, boshqa yirik tashkilotlardan ish takliflarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ICPC ning respublika bosqichi IT Park, Uzum va ITPU koʻmagida oʻtkaziladi. G‘oliblar ICPC chempionatining keyingi bosqichi uchun tanlab olinadi va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

2023-10-09