“Oʻzbekistonda investitsiyalar, startaplar bozori va biznes istiqbollari” mavzusida mitap

29-noyabr kuni soat 17:00 da Impulse Business Hubʼda (Shota Rustaveli ko‘chasi 6) IT Park ko‘magida “Oʻzbekistonda investitsiyalar, startaplar bozori va biznes istiqbollari” mavzusida StartUp Entrepreneur MeetUp bo‘lib o‘tadi.

Tadbir spikerlari quyidagilar boʻladi:

  • Adrian Henni startap maslahatchisi, investor, Fransiyadagi Alliance Tech kompaniyasining bosh direktori.
  • Artyom Panferov – Rossiyalik yetakchi IT-ekspert, Toshkentdagi EndCode mobil dasturlash studiyasi asoschisi va bosh direktori.
  • Shahzod Umirzakov Oʻzbekistonning muvaffaqiyatli aqlli videokuzatuv startapi TASS Vision asoschisi va bosh direktori.
  • Abdulazal Toshxujayev – Principalʼning investitsiya direktori, UzVC venchur fondi vakili.
  • Usmon Rahimjonov – BMTʼning O‘zbekistondagi Xalqaro taraqqiyot dasturi (UNDP) rahbari o‘rinbosari.
  • Askar Allanazarov tadbirkor, biznes va Live-tracker, Rossiya bozoridagi yetakchi Edtech loyihalari metodologiyasining va hamjamiyatlarining arxitektori.

Sessiya rus tilida oʻtkaziladi. Uchrashuv davomida xalqaro ekspertlar va muvaffaqiyatli startapelar investitsiya bozorining joriy holati, Ozbekistonning zamonaviy voqeliklarida biznesni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Tadbir ishtirokchilari Ozbekistonda biznesni rivojlantirishning asosiy trendlari haqida bilib olishadi, tadbir spikerlari bilan tanishadilar va koplab hamfikrlar bilan uchrashadilar.

Mitapga 28-noyabrgacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumki: https://forum.flutterflow.app/

2022-11-24