O‘zbekistonda ishlab chiqilgan loyiha Silkway Accelerator dasturi uchun tanlab olindi

IT Park akseleratsiya dasturlarida ishtirok etgan Avlo.shop loyihasi Google va Astana Hub’dan 'Silkway Accelerator' akseleratorining eng yaxshi 15 startapi qatoriga kirdi.

Dasturda ishtirok etish uchun Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari, Ozarbayjon va Mo‘g‘ulistondan jami 237 ta texnologik loyiha ro‘yxatdan o'tgan..  Hujjatlar ikki bosqichda – iyun va avgust oylarida qabul qilindi.

Loyihalar maxsus komissiya – Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspertlari va Google Developers vakillari tomonidan baholandi.  Trening 3 oy davom etadi va Nur-Sulton shahrida o'tkaziladi.

Dasturda ishtirok etish startaplarga o‘z ishlanmalari uchun investorlar – dastur hamkorlari va texnoparkning o‘zidan mablag‘ jalb qilish imkonini beradi.

Bundan tashqari, dastur davomida g‘olib jamoalar biznes jarayonlarini qurish, biznesni kengaytirish, hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va sarmoyalarni jalb qilishni o‘rganadilar.  Startaplarga mentorlik yordami ushbu sohalardagi eng yaxshi mutaxassislar, jumladan Google mutaxassislari tomonidan taqdim etiladi.

Eslatib oʻtamiz, avlo.shop platformasi oʻzbekistonlik tadbirkorlar uchun hamyonbop onlayn-doʻkon konstruktori hisoblanadi.  Loyiha hududda elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan.  Ikki oy ichida startap 500 dan ortiq mijozlarni jalb qildi va hozirda platforma 2 million dollarga baholanmoqda.

2021-yilda avlo.shop eng yirik startap pitch tanlovlaridan biri bo‘lgan "The entrepreneurship World Cup" mintaqaviy bosqichida g‘olib bo'ldi.  Loyiha butun dunyodan kelgan 100 mingdan ortiq arizalar orasida top yuztalikka kirdi.

2022-09-07