O‘zbekistonda IT Hamjamiyati tashkil etiladi

4-mart kuni soat 15:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida IT Parkʼning yangi loyihasi — O‘zbekiston IT hamjamiyatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

IT Hamjamiyati IT mutaxassislarini va sohaga qiziqqan har bir kishini bir joyda birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Hamjamiyat aʼzolari IT sohasidagi qiziqarli maʼlumotlarni topishlari; bilim va tajriba almashish; karyera qurish; loyiha uchun jamoa topish; gʻoyalarni muhokama qilish;  yordam olish va hatto mentor topishlari mumkin.

Rasmiy ochilish marosimida 6 nafar spiker so‘zga chiqadi:

  • Alyona Vladimirskaya – Mail.Ru Groupʼning kadrlar bilan ishlovchi sobiq rahbari va Yilning HR brendi mukofoti sovrindori. Uni Runetning bosh "xedxanteri" deb atashadi;
  • Akmaljon Musayev – HyperApp bosh direktori, loyiha menejeri va startaplar asoschisi, Toshkent, O‘zbekiston va AQShdagi GAMEFALL loyihasi hammuassisi va rahbari;
  • Bobur Rajabov – texnik tadbirkor, oʻqituvchi, EverbestLab bosh direktori;
  • Leonid Cherniy Uzum kompaniyasining ijrochi direktori, MegaFon, Rambler, Yandex, Mail.ru Group kabi kompaniyalar mahsulotlarini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etgan taniqli top-menejer;
  • Munira Bekmuradova – Toptalʼda katta dasturchi muhandisi va hamjamiyat rahbari;
  • Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT Hamjamiyati rahbari, mentor, investor.

Spikerlar uchrashuv ishtirokchilariga IT choqqilariga oz yolini qurish imkonini bergan muvaffaqiyat sirlari haqida gapirib berishadi.

Sessiyalar ingliz tilida oʻtkaziladi. Ishtirok etish bepul.

Tadbirga 3-mart, soat 18:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin:

https://bit.ly/3YZSwiG

 

2023-02-25