Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Mehnat bozorida IT-mutaxassislarga talab ortib borayotgan sharoitda raqobatbardosh IT-kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, TATU, Inha va Amity kabi IT universitetlari rektorlari ishtirok etdi.
IT Park university'ni tadbirda IT Park direktori o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov taqdim etdi. Ular ushbu universitetga kirish shartlari va kadrlar tayyorlash dasturi haqida gapirdi. Shu tariqa, mashg‘ulotlar gibrid formatda, asosan, onlayn shaklda olib borilishi ta’kidlandi. Ham uyda, ham poytaxtda yoki IT Parkning 12 ta hududiy ofislarida oʻqish imkoni mavjud. Bu butun mamlakat bo‘ylab talabalarga Toshkentga ko‘chib o‘tmasdan talab yuqori bo‘lgan IT mutaxassisligini olish imkonini beradi.
Bakalavriatda o‘qish muddati 3 yil. Talabalarga yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda ham Toshkent shahrida, ham har bir viloyatda faoliyat yurituvchi kuratorlar yordam beradi.
Spiker ta’kidlaganidek, ta’limning asosiy tili ingliz tilidir. Qabul qilish uchun ingliz tilidan IELTS (minimal ball 4.5) yoki TOEFL (minimal ball 34) boʻyicha amaldagi sertifikatlarni taqdim etishi, yoki IT-Park filiallaridan birida roʻyxatdan oʻtib imtihon topshirishi kerak. Minimal daraja — Intermediate (“CEFR B1”).
Birinchi yil dasturi ingliz tilini intensiv o‘rganishni nazarda tutadi, shunda talabalar kelajakda o‘quv materialini osongina o‘zlashtira oladilar va xalqaro jamoalarga qo‘shila oladilar.
Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibi turli mamlakatlardagi xalqaro kompaniyalarning yetakchi amaliyotchi muhandislari hamda mahalliy IT-mutaxassislaridan iborat. O‘quv materiallari ular tomonidan jahonning eng yirik yuqori texnologik kompaniyalari tomonidan joriy etilgan zamonaviy tendensiyalar va yechimlar asosida tayyorlanadi.
Ta’lim quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha olib boriladi:
Eslatib o‘tamiz, yangi formatdagi universitet asoschilari etib IT Park va EPAM kompaniyasi hisoblanadi.
2022-06-15