O‘zbekistonda PDP universiteti ochildi

 IT Park rezidenti PDP IT Academy tomonidan yangi PDP universiteti tashkil etildi.

22-iyun kuni Hilton mehmonxonasida yangi universitetning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari, mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari rektorlari hamda OAV o vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda taklif etilgan mehmonlarga yangi universitetning afzalliklari haqida so‘zlab berildi. PDP universiteti rahbariyati ta’lim muassasasi O‘zbekistonda IT-mutaxassislarini shakllantirishning yangi bosqichiga aylanishini ta’kidladi.

PDP Universityʼning afzalliklari 

Oliy o’quv yurtida mahalliy va xalqaro mutaxassislar dars beradi. Talabalarga xalqaro standartlar asosida ta’lim beriladi. 50 dan ortiq davlatlar, jumladan AQSh va Buyuk Britaniya tomonidan tan olingan va 100 dan ortiq universitetlarda o'qitiladigan Pearson BTEC eng yuqori sifatli akademik bilim va ta'lim amaliyoti qo’llaniladi.

2-kursdan boshlab talabalar mahalliy va xorijiy kompaniyalarda yoki xususiy startap dasturlarida amaliyot oʻtash imkoniyatiga ega boʻladilar, 4-kurs bosqichida esa saralangan talabalarga AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va boshqa mamlakatlar universitetlarida almashinuv dasturi boʻyicha oʻqish imkoniyati beriladi. Ilg'or akademik ta'lim va PDP ekotizimidagi real loyihalarda ishtirok etish natijasida PDP universiteti bitiruvchilari middle, middle + darajadagi mutaxassislarga aylanishi kutilmoqda.

Abiturientlarga qo'yiladigan talablar

Universitetga kirish uchun abituriyent maktab yoki litsey bitiruvchisi, 16 yoshdan oshgan, ingliz va matematika tillarini yaxshi bilgan, axborot texnologiyalariga ishtiyoqi kuchli bo‘lishi lozim.

Kerakli hujjatlar:

 • 5,5 ball va undan yuqori IELTS sertifikati;

 • matematika bo’yicha 50 balldan yuqori natija;

 • maktab yoki litseyni bitirganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.

Ariza topshirish uchun quyidagi havola bo’ylab oʻting.

 Telegram: @pdpuniversity

 IT Park PDP universiteti rahbariyatini oliy ta’lim dargohi ochilishi bilan tabriklaydi va ta’lim muassasasining ochilishi tashabbuskorlariga O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish va yosh kadrlar tayyorlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi.

2022-06-22