O‘zbekistonda «UPG CUP» kibersport turniri bo‘lib o‘tadi

24–25-aprel kunlari IT Park, FRAG.GG va Oʻzbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda UPG kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan CS:GO intizomi bo‘yicha «UPG CUP» respublika kibersport onlayn-turnirining 3-mavsumi bo‘lib o‘tadi.

Turnirning umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 000 soʻmni tashkil qiladi.

Turnir qoidalari:

Dastlabki ikki mavsumdan farqli oʻlaroq, turnirning 3-mavsumida uchta saralash uchun boʻlinish tizimi joriy etildi:
– Bosqich №1: uchinchi divizion (DIVISION 3), 1-4 umumiy darajasiga ega boʻlgan yangi boshlanuvchilar uchun toʻgʻri keladi;
 – Bosqich №2: ikkinchi divizion (DIVISION 2) oʻrtacha oʻyin darajasiga ega, umumiy jamoaviy saviyasi 5-7 boʻlgan oʻyinchilar uchun;
 – Bosqich №3 – Birinchi divizion (DIVISION 1) yuqori oʻyin darajasiga ega boʻlgan, umumiy jamoaviy saviyasi 8-10 boʻlgan jamoalar uchun.

Turnirda ishtirok etish uchun quyidagi divizionlar boʻyicha roʻyxatdan oʻtishingiz kerak:
Uchinchi divizion uchun havola: https://clck.ru/ehq8C
Ikkinchi divizion uchun havola: https://clck.ru/ehq8n
Birinchi divizion uchun havola: https://clck.ru/ehq9D

Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi muddati – 2022-yil 24-aprel, soat 19:50.

Ishtirok etish imkoniyatini qoʻldan boy bermang, oʻz kuchingizni sinab koʻring va respublikaning eng yaxshi jamoasi unvoni uchun kurashing!

2022-04-02