O‘zbekistondan o‘quvchi qizlar o‘zlarining sun’iy intellekt loyihasini Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga taqdim etdi

Joriy yil 10-11 noyabr kunlari Moskva shahrida o‘tgan AIJ nomli Xalqaro konferensiya doirasida bo‘lib otgan tanlovda “Data ledi” maxsus nominatsiya yo‘nalishining eng kuchli ayollar jamoasi deb O‘zbekistonning “IT Queens” yosh dasturchilar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

“IT Queens”– O‘zbekiston jamoasi bo‘lib, uning a’zolari: Yuliana Lutsenko, Anastasiya Koroleva, Kseniya va Anastasiya Badyan hamda Lana Nasrulina boʻldi.  Birinchi bosqichda qizlar sun’iy intellekt sohasida loyiha ishlab chiqishdi, uning maqsadi “Deepfake” materiallarini tanib olish hisoblanadi.

*Deepfake – bu haqiqiy fotosuratlar yoki videolar asosida sun’iy intellekt orqali yaratilgan sintezlangan tasvir.  Uning yordami bilan odamga, uning obro‘siga putur yetkazadigan, keyinchalik ularni shantaj qiladigan va manipulyatsiya qiladigan kontentni yaratish mumkin.

Ushbu loyiha jamoa tomonidan ikki hafta ichida ishlab chiqilgan.  Loyiha O‘zbekistonda “AI Journey 2021” xalqaro konferentsiyasi 500 dan ortiq ishtirokchilar orasida “IT Queens” jamoasi g‘olib bo‘ldi va xalqaro maydonga chiqish, shuningdek, shaxsan o‘zi gapirib, muammoga zamonaviy yechimini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2021-11-15