Oʻzbekistonlik talabalar uchun innovatsion gʻoyalar tanlovi eʻlon qilindi

O‘zbekistonlik talabalar “CAREC University Startup Generator 2023”da ishtirok etish uchun 1-fevralgacha ariza topshirishlari mumkin.

CAREC University Startup Generator 2023 – real ijtimoiy va korporativ muammolarni hal etish orqali amaliy, tadbirkorlik va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (CAREC) doirasidagi oliygohlar talabalari uchun moʻljallangan innovatsion g‘oyalar tanlovi.

Tadbir Osiyo taraqqiyot banki hamda Elektron Osiyo va Koreya Respublikasi bilimlari boʻyicha hamkorlik jamg‘armasi, shuningdek, IT Park Uzbekistan axborot ko‘magida o‘tkazilmoqda. Tanlov ingliz tilida uchta yo‘nalish boʻyicha o‘tkaziladi: HealthTech, CleanTech, MobilityTech.

Turnirda faqat Ozarbayjon, Xitoy Xalq Respublikasi, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston kabi davlatlar oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi bo‘lim talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

G‘olib jamoalar quyidagi pul mukofotlariga ega bo‘ladilar:

  • 1-o‘rin — 5000 dollar
  • 2-o‘rin — 2000 dollar
  • 3-o‘rin — 1000 dollar
  • Maxsus kategoriya boʻyicha sovrin — $1000

Jamoalarni roʻyxatdan oʻtkazish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

  • Qiziqish sohasiga qarab roʻyxatdan oʻtish va jamoani shakllantirish (2022-yil 15-dekabr – 2023-yil 1-fevral);
  • Startap g‘oyalarini generatsiya qilish(2-fevral – 15-mart) – jamoa va mentorlar/ekspertlar yordamida startap g‘oyalarini ishlab chiqish;
  • DEMO holatida ishga tushirish va sinovdan o‘tkazish: 2023-yil 29-mart (ekspertlar kengashiga startapni taklif va taqdimot qilish).

Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://challenges.adb.org/en/challenges/carec-university-startup-generator-2023?lang=en

2023-01-23