O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mGovAward seminarlari o‘tkazilyapti

2022-yil 24-fevralda davlat mobil ilovalarini yaratish bo‘yicha mGovAward tanlovi doirasida Roadshow boshlandi.

Roadshow davomida IT Park xodimlari O‘zbekistonning turli hududlarida bo‘lib, u yerda yoshlar bilan uchrashib, tanlov haqida suhbatlashdilar.




Bugungi kunga qadar quyidagi viloyatlarda uchrashuvlar tashkil etildi: Marg‘ilon (Raqamli texnologiya markazi), Namangan (Yoshlar markazi), Andijon (Yoshlar markazi), Toshkent viloyati (Astrum IT Academy) va Toshkent shahri (Inha, Amity va TUIT universitetlari).

Seminarda yuqoridagi barcha viloyatlardan 900 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.




Eslatib oʻtamiz, mGovAward – davlat xizmatlari sohasida ilovalarni yaratish boʻyicha keng ko'lamli tanlov.  mGovAward tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlarning davlat bilan hamkorlikda ishlashga qiziqishini oshirish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yuqori sifatli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.  Eng yaxshi ishlab chiqilgan yechimlar davlat muassasalarida joriy etiladi.  Musobaqaning mukofot jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

Qolaversa, Roadshow doirasidagi seminarlar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish va ularga toʻliq javob olish imkoniyatiga ega.  Eng qiziqarli savollari bilan seminarlarning eng faol ishtirokchilari IT Park sovg‘asini, ya’ni mGovAward merchni yutib olishlari mumkin.









 

Yoshlar bilan navbatdagi uchrashuv 2022-yil 28-fevral kuni Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tadi.

2022-02-27