Oblako.dev hammuassisidan Startup Meetup 

4-may kuni soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida “Google for Startups”ning Silkway Accelerator dasturidan oʻtish tajribasiga ega oblako.dev hammuassisi Ganjigur Natsagdorj O‘zbekiston startapperlari va yoshlari uchun mitap o‘tkazadi.

Mitap davomida spiker startap yaratish va rivojlantirish tajribasi bilan boʻlishadi. U yosh startapperlarga yirik fondlar va investorlardan investitsiyalarni qanday jalb qilish va xalqaro bozorga kirish yo‘llarini soʻzlab beradi.

Oblako.dev – bu IT talabalari, frilanserlar va kichik startaplar uchun veb-xostingni soddalashtirish uchun moʻljallangan bulutli saqlash dasturi hisoblanadi. Dastur Markaziy Osiyoda bulutli xizmatlar bozoriga innovatsiyalarni joriy etish bilan shug‘ullanuvchi Mo‘g‘ulistonning “Fibo Cloud” IT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Uchrashuv yakunida spikerlar xosting uchun vaucherlar, shuningdek roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar orasida Kahoot testi gʻolibiga sovgʻa berishadi.

Tadbir rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi. Uchrashuvga 4-maygacha quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://forms.gle/JnsWTyyZKMpbvSwc9 .

2023-05-01