“One Million Uzbek Coders” dasturi doirasida Samarqandda tashkil etilgan IT-tanlovi tuman miqyosi g‘oliblari bilan bog‘liq vaziyat ijobiy hal etildi

Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida IT-tanlovining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur musobaqa umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

2022-yilning 6-7-yanvar kunlari tanlovning shahar va tuman bosqichlari o‘tkazilib. Uning yakuniga ko‘ra viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlandi.

Viloyat bosqichida 180 nafar o‘quvchi qatnashdi. G‘oliblarga noutbuk, ikkinchi o‘rin sohiblariga planshet, uchinchi o‘rin egalariga esa mobil telefonlar sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, shahar va viloyat bosqichlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazilib, birinchi o‘rin g‘olibiga noutbuk, ikkinchi o‘ringa smartfon, uchinchi o‘ringa esa elektron kitoblar topshirildi.

15 yoshli Sardor Sattarov, 16 yoshli Javohir Sirojiddinov va 17 yoshli Og‘abek Sobirjonov tuman bosqichi g‘oliblaridan biriga aylandi.



Afsuski, yoshlar qo‘lga sovg‘alarini darhol olishmadi. Mukofot bilan  bog‘liq ko‘ngilsizliklarga qaramay vaziyat ijobiy hal etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada aks etgan 15 yoshli Sardor Sattorov tanlovning tuman bosqichida g‘olib bo‘lib, viloyat bosqichiga yo‘l olgan, ammo sovrinli o‘rinni qo‘lga kirita olmagan. Tashkilotchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolik tufayli unga noutbuk o‘rniga smartfon sovg‘a qilingan.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida viloyat hokimligida matbuot anjumani tashkil etilib, unda hokimlik vakillari barcha aybdorlar jazolanishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida IT-Park delegatsiyasi ham o‘z navbatida ushbu yosh, umidli bo‘lajak mutaxassislar bilan suhbatlashib, kelgusida faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga Python dasturlash tili va IT uchun ingliz tili bo‘yicha bepul kurslar taqdim etdi.

Bundan tashqari, yosh iste’dod egalari Coursera platformasida mavjud maxsus kursga bepul kirish imkoniyati berilib, ularga brend sovg‘alari ulashildi.





2022-01-17