“One million Uzbek Coders” loyihasi doirasida oʻqituvchilar uchun 6 000 dollarlik sovrin fondiga ega tanlov!

“One Million Uzbek Coders” loyihasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun umumiy sovrin jamgʻarmasi 6 000 dollar boʻlgan tanlov eʼlon qiladi!

Mazkur tanlovning maqsadi loyiha doirasida oʻqituvchilarning professional yutuqlarini aniqlash va eʼtirof etish, shuningdek, oʻqituvchilarni taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan faol foydalanishga ragʻbatlantirishdan iborat.

Tanlovda ishtirok etish uchun talablar:

- Tashabbus koʻrsatish, oʻquvchilarni ragʻbatlantirish, platformadan foydalanishga yordam berish va loyihaning telegram guruhlari va ijtimoiy tarmoqlarida oʻquv materiallarini oʻzlashtirish;

- Mualliflik maqolalari, loyihadagi muvaffaqiyat tarixlari yoki IT mavzusidagi maqolalarni va loyiha ishtirokchilariga foydali boʻlgan yangi texnologiyalarni tarjima qilish.

Ishtirokchilar tashabbusi bir necha mezonlarga muvofiq baholanadi:

- Onlayn kanallarda faollik

Qiyosiy raqamli koʻrsatkichlar boʻyicha;

- Telegram guruhlarida va loyihaning ijtimoiy tarmoqlarida, xususan, community.uzbekcoders.uz platformasida oʻqituvchilar, shuningdek, ularning talabalari tomonidan motivatsiya va faollikning namoyon boʻlishi.

- Xabarlarning sifati (axborotning foydasi, loyiha maqsadlariga muvofiqligi);

- Maqolalar chop etish

(Oʻziga xoslik, loyihaning maqsadlariga muvofiqligi, foydasi, dolzarbligi, grammatikasi va tuzilishi. Maqolalar oʻzbek tilida boʻlishi kerak.)

Ishtirok etish huquqi:

Faqat taʼlim muassasalari oʻqituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish tartibi:

- Loyiha ishtirokchisi boʻlish, http://uzbekcoders.uz saytida roʻyxatdan oʻtish va oʻrganishni boshlash.

- Ijtimoiy tarmoqlarda loyihaga obuna boʻlish.

- Loyihaning telegram guruhlariga qoʻshilish.

- Uyushmamiz sahifasida maqolalar nashr qilish: https://community.uzbekcoders....

Tanlov muddati: 19.01.2021

Sovrinlar:

Pul mukofotlarining umumiy soni 8 oʻringa moʻljallangan. 1 oʻrin uchun-1500$, 2 va 3 oʻrin sohiblari $1 000 dan olishadi. 4-8-oʻrinlarning har biri 500$ dan olishadi.

Platforma havolasi: http://uzbekcoders.uz

2020-10-20