27-fevral kuni soat 16:00da “Edusession” loyihasi doirasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi uchrashuv mavzusi “IT sohasida loyihalarni boshqarishda yondashuvlar”.
Sessiyada “Beeline Uzbekistan” axborot texnologiyalari direktori Artyom Kalivanov oʻz ma’ruzasi bilan ishtirok etadi. Spiker IT-loyihalarni boshqarishda yondashuvlar, ularning turlari, loyihalar va mahsulotlar o‘rtasidagi farqlar, koʻp uchraydigan xatolar, shuningdek, nazoratni kuchaytirishni talab qiluvchi boshqaruv sohalari haqida soʻzlab beradi.
Ishtirokchilar shuningdek quyidagilarni bilib oladilar:
• IT-loyiha nima;
• loyihalarni boshqarishda qanday yondashuvlar mavjud;
• loyihalarni boshqarishda nimalarga e'tibor berish kerak.
Tadbir rus tilida o'tkaziladi. Ishtirok etish bepul, arizalar 26-fevralgacha quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc7Dca0jyi0-9u8243DTdW6hAXpt4H5d4rnFdWs6xRLDIrPBw/viewform
Eslatib o'tamiz, “Edusession” dasturi global IT hamjamiyati a’zosiga aylanishga, karyera qurish va pul topishni boshlashga qiziqqan yoshlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan.
Dastur doirasidagi tadbirlar har hafta oflayn va onlayn formatda o'tkaziladi. Mashg'ulotlar davomida ishtirokchilar tanlangan soha bo'yicha bilim olishlari, o'z loyihalarini ishga tushirish va dunyoning eng yetakchi kompaniyalarida karyera qurish imkoniyatlarini o'rganishlari, ekspertlar bilan ishlash jarayonida o'z malakalarini oshirishlari, fikr almashishlari va h.k. mumkin boʻladi.
Artyom Kalivanov:
• IT sohasida 20 yildan ortiq va IT loyihalarini boshqarishda 13 yildan ortiq tajribaga ega;
• Ukraina, Rossiya, Belarus, Vetnam hamda O'zbekistonda IT-loyihalarni amalga oshirgan;
• AT xizmati ishining auditini o'tkazish;
• loyiha ofisini tashkil etish;
• IBM da ishlash boʻyicha tajribaga ega.
2023-02-22