"Open Data Challenge 2021" xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Joriy yilning 3-5 dekabr kunlari IT Park’da O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida YXHT’ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, “Dubai Future Foundation” fondi, IT Academy, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida mukofot jamg‘armasi 55 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi "Open Data Challenge 2021"  yangi xakatoni yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu xakatonning maqsadi fuqarolarning ochiq ma'lumotlardan foydalanishga qiziqishini oshirish va rivojlantirish hisoblanadi.

 “Open Data Challenge” yillik xakatoni– O‘zbekistonning axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyotida ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgandir.  Ochiq ma’lumotlar sohasi – iqtidorli yoshlar boshchiligidagi innovatsion loyihalar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish imkonini beruvchi vositadir.

 Bu yil xakaton 4 ta yo‘nalishda – davlat, ijtimoiy va biznes sohalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkaziladi.  Hakatonda ishtirok etish uchun koʻrsatilgan to‘rt yo‘nalishdan biri bo‘yicha "One Million Uzbek Coders" onlayn kursini tamomlagani haqidagi sertifikat boʻlishi kerak .  Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinlarga 11 000 AQSH dollari beriladigan boʻlib, sovrin egalariga esa sovg‘alar topshiriladi.

 Xakatonda ishtirok etishga  ro'yxatdandan quidagi havola orqali o'ting: https://datahack.uz/

 Bunday xakatonlarni o‘tkazish dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarning professional hamjamiyatini rivojlantirish va davlat organlarining ochiq ma’lumotlar sohasidagi ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydi. Yoshlar IT tanlovlarda qatnashib, o‘z mamlakatida IT sanoati rivojiga o‘z hissasini qo‘shish va shu orqali startap ekotizimini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 Bu yil "Open Data Cup", shuningdek, o‘tgan yilgi "Open Data Challenge" xakatonlarida (2018 yildan 2020 yilgacha) ishlab chiqilgan loyihalar uchun ham bo‘lib o‘tadi.

"Open Data Cup" tanlovida ishtirok etishning asosiy sharti "Open Data Challenge" xakatonida ishlab chiqilgan loyihaning mavjudligi va uning sezilarli ravishda rivojlanishi hisoblanadi.

 Batafsil maʼlumotni https://datahack.uz/ saytida topishingiz mumkin.

 Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish tugallangandan so‘ng, xakaton moderatorlari tanlov shartlariga mos keladigan loyihalarni tanlab olishadi.  Ochiq ma’lumotlar kubogi tanlovi g‘olibi 6 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Tanlovga ro'yxatdan o'tish havolasi - https://datahack.uz/

2021-11-05