Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park AQShning BPO kompaniyalarini 18-sentabr kuni Texas shtatining Ostin shahrida boʻlib oʻtadigan IT-konferensiyasida ishtirok etishga taklif etadi.
Tadbirda Oʻzbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, IT Park Uzbekistan bosh direktori Farhod Ibragimov va mamlakat IT-hamjamiyati vakillari ishtirok etadi.
Konferensiyadan koʻzlangan maqsad AQShda biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) va IT-autsorsing bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan iborat.
Konferensiyada yetakchi IT-autsorsing va BPO kompaniyalari, soha mutaxassislari, tadbirkorlar va tadqiqotchilar qatnashadi. Ishtirokchilarga Oʻzbekistondagi IT-sanoati va AQSh kompaniyalari uchun salohiyatli autsorsing imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etiladi.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarni IT Park rahbariyati va rezident kompaniyalari, shuningdek, boshqa kompaniyalar vakillari bilan B2B uchrashuvlari kutmoqda.
Tadbir oʻtkaziladigan joy: Omni Austin Hotel Downtown
Manzil: USA, 700 San Jacinto, E 8th St At, Austin, TX 78701
Ishtirok etishni tasdiqlash uchun quyidagi shaklni toʻldiring:
https://forms.office.com/r/DV33bxyJU5
Tadbir dasturi:
10:30-11:00 — Ishtirokchilarni roʻyxatga olish
11:00-11:05 — Oʻzbekiston haqida video
11:05-11:20 — Raqamli texnologiyalar vazirining kirish soʻzi
11:20-11:40 — IT Park Uzbekistan kirish nutqi va taqdimoti
11:40-12:30 — IT Park rezident kompaniyalari taqdimotlari
12:30-13:00 — Kofe-breyk
13:00-13:30 – Oʻzbekistonda ishlash tajribasi toʻgʻrisida platformalarni tanlash boʻyicha mutaxassislarning taqdimotlari
13:30-14:00 — Muvaffaqiyatlar tarixi taqdimotlari
14:00-14:30 — Yopilish marosimi
2023-09-04