"Oziq-ovqat va AgriTech sohasida startap uchun investitsiyalarni qanday topish mumkin?": IT Park va Kök Projektdan vebinar

2021-yil 24-yanvar kuni IT Park oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, suv va energetika sohalarini kengaytirish bo‘yicha ishlaydigan startap akseleratori va korporativ innovatsiyalar bo‘yicha hamkori Kök Projekt bilan birgalikda “Food va AgriTech sohasida startap uchun investitsiyalarni qanday topish mumkin?” mavzusida vebinar tashkil qiladi.

Vebinarning maʼruzachisi “Dealroom.co” kompaniyasining innovatsiyalar boʻyicha katta tahlilchisi Ivan Draganov boʻladi.  Vebinarda Kök Projekt asoschisi va bosh direktori Semi Hakim ham ishtirok etadi.

 Sana: 2022-yil 24-yanvar.

 Vaqt: 17:00 dan 17:45 gacha (Toshkent vaqti bilan)

 Vebinar tili: rus tilida, ingliz tilida.

 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://clck.ru/akSJ9

 Kök Projektʼga havola: https://www.kokprojekt.com/

2022-01-17