Paynet va Lebazar.uz asoschisi startapchilar uchun mitap o’tkazadi

16-sentabr kuni soat 18:00da IT-Park Toshkent filialida “Mening muvaffaqiyatlarim va kamchiliklarim: muvaffaqiyatli IT-startapni qay tarzda ishga tushirish va boshqarish kerak” mavzusida Startup Meetup bo‘lib o‘tadi.

Tadbirni yirik fintech kompaniyasi Paynet, Obke.uz, Lebazar.uz brendlari, “Astrum” IT-Akademiyasi asoschisi Botir Arifjanov olib boradi.  Uchrashuvda u IT-sanoatda biznes-modelni to‘g‘ri shakllantirish muhimligi, kompaniyani amalda chiqishga qanday tayyorlash, venchur investorlar nimalarga e’tibor berishlari va loyihani sotib olishlari uchun qanday uni qanday taqdim etish kerakligi haqida so’zlab beradi.

Bundan tashqari, spiker quyidagi mavzularga to’xtaladi:
 • investitsiya bozorining tuzilishi va hozirgi tendentsiyalari;
 • IT-mutaxassislar kompaniya ichidagi biznes jarayonlarga qanday samarali ta'sir ko'rsatishi mumkin;
 • yangi bozorlarda IT-biznesni malakali boshqarish;
 • IT-kompaniyani samarali boshqarish, investorlarni topish va jalb qilish usullari.

Tadbir rus tilida o'tkaziladi. Uchrashuvda ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan.

Ro’yxatdan oʻtish uchun havola: https://forms.gle/4AywNhkgFKdhgCMKA

Spiker haqida ma'lumot:

Botir Arifjanov O‘zbekistondagi eng mashhur texnologiya brendi yaratuvchisi,  “Astrum” IT Akademiyasining asoschisi.

Botir moliyaviy texnologiyalar va elektron tijoratga ixtisoslashgan seriyali texnologiya tadbirkoridir.  U, shuningdek, Misrdagi eng yirik to‘lov tarmoqlaridan biriga asos solgan, birinchi bo‘lib bozorda blokcheyn texnologiyasini joriy qilgan.

Dubay, Moskva, Singapur va Istanbulda elektron tijorat loyihalarini yaratdi.

Shuningdek, uning Khanacademy.org bilan hamkorlikda “Bill & Melinda Gates Foundation” tashkiloti koʻmagida yaratilgan “Khan Academy Uzbek” loyihasi MIT va Garvard bitiruvchisi Salmon Xonning maktab fanlari boʻyicha dunyoga mashhur videomaʼruzalari toʻplamini mahalliylashtirmoqda.

2022-09-09