PDP Academy - IT Park rezidentlaridan o‘zbek tilidagi IT kurslari

O‘zbek tili uzoq va ko‘p asrlik tarixga ega. Qadimgi turk tillari asnosida yaralgan o‘zbek tili paydo bo‘lishi V—VIII asrlarga borib taqaladi. Bu o‘zbek tilining uzoq asrlardan beri o‘ziga xos va buyuk tillardan biri bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib, takomillashib borganligidan dalolat beradi. Zamonaviy o‘zbek tili juda boy va nafaqat O‘zbekiston hududida, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham tarqalgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yashab, bu yerda IT sohasida o‘z startap yoki korxonasini tashkil etishni rejalashtirar ekanmiz, ertami-kechmi biznes-kommunikatsiya va hujjat aylanishi, shubhasiz, o‘zbek tilida olib borilishi kerakligini yodda tutish lozim. O‘zbek tilini bilish va u bilan xoh kundalik, xoh rasmiy so‘zlashuvda muloqot qilish ham hurmatning bir turi hisoblanadi.

O'zbekistonda IT sohasi barcha zamonaviy tendensiyalarga amal qilgan holda jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. IT soha mamlakatimizda tobora ko‘proq ahamiyat kasb etyapti va jamiyatimiz uchun yanada ustuvor o‘rin tutadi. Bunday ijobiy yondashuvlar tufayli o‘zbek tilidagi IT kurslarga talab tobora ortib borishi bilan tadbirkor va IT mutaxassislarini IT kasbini o‘rganish va o‘zlashtirish istagida bo‘lganlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishga undamoqda.

Jumladan, raqamli texnologiyalarni o‘qitish bo‘yicha turli o‘quv markazlari va akademiyalar tashkil etilmoqda, ular orasida IT ko‘nikmalarini o‘zbek tilida o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan akademiyalar ham mavjud bo‘lib, bu O‘zbekistonda IT sohasini yanada ommalashtirish imkonini beradi. Toshkent shahridagi PDP Akademiyasi shunday akademiyalardan biridir. PDP IT Akademiyasi - Android dasturlash, Python dasturlash, Frontend va boshqalar kabi dolzarb IT mutaxassisliklarini o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan akademiya. Eng muhimi, bu kurslarning barchasi o‘zbek tilida ekanligi aholining aksariyat qismiga IT sohasi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

“O‘zbekistonning kelajak avlodi ancha texnologik va ilg‘or ekanligi bizni quvontiradi. Eng kichik talabamiz 15 yoshdaligi bu kabi xulosalarni chiqarishimizga sabab bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, yoshlar orasida yaqin kelajakda yirik kompaniyalar xodimiga, yoki yangi kompaniyalar va startaplar asoschisiga aylanuvchi va bu bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shuvchi ko‘plab iste‘dodlar mavjud.

Odatda rus tilida so‘zlashuvchi kurslarning ko‘p tarqalganiga muvofiq ravishda, kursimizning o‘ziga xosligi O‘zbekiston hududida dasturlashni o‘zlashtirmoqchi bo‘lganlarning ko‘pchiligi uchun darslarni osonlik bilan talqin qilinishdan iborat, chunki Internet tarmog‘ida IT dasturlash sohasiga oid o‘zbek tilidagi sifatli ta’lim kontenti yetarli emas. Bu bizning oson o‘rganiladigan kurslarimiz yaratilishining asosiy sababdir”, - deydi PDP  IT Akademiyasi asoschisi Odilbek Mirzayev.

Ona tilida ta’lim olish imkoniyati yaratiladi

Ta’lim platformasining barcha tafsilotlari yangi ma’lumotlarni olishni osonlashtirishga qaratilgan. Endi talabalar kuniga qancha soat va qaysi paytida ishtirok etishni tanlaydilar. O‘zlariga qulay bo‘lgan yo‘sinda o‘qiydilar. Xohishga ko‘ra “light” yoki intensiv rejimini tanlashlari mumkin. O‘rganuvchilar o‘z vaqtlarini nazorat qilishadi va vazifalarni bajarish uchun vaqtni belgilashadi. Mavzuga doir har qanday savolga shaxsiy maslahatchidan batafsil va tushunarli javob beriladi, shuningdek, qulay sharoitda, eng yaxshi o‘qituvchilardan ona tilida bilim olishadi. O‘qituvchilar talabalarga xatolarga vaqt yo‘qotmasdan ta’lim olishga yordam beradi. Axir, bugungi kunda eng qimmatli va muhim narsa - bu vaqt.

Haqiqatan ham, eng kuchli IT mutaxassisi bo‘lishni istovchi va bu yo‘lda tinimsiz izlanib rivojlanishga intilayotgan bunday yosh avlod sharofati bilan, shuningdek, o‘zbek tilidagi mavjud IT kurslari yordamida O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish sezilarli darajada tezlashishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat o‘zbek tilidagi IT kurslariga, balki umuman o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan talabni ham oshiradi.

O‘zbek tilini bilish - bu birinchi navbatda, har bir yurt fuqarosi amal qilishi lozim bo‘lgan millat madaniyatini anglash, O‘zbekiston tarixini bilish va uni hurmat qilish demak.

Website: https://pdp.uz/

2020-09-21