Poytaxtda Startup Summit boʻlib oʻtadi

24-oktyabr kuni, ICTWEEK UZBEKISTAN 2023 haftaligining birinchi kunida Startup Summit boʻlib oʻtadi.

Tadbirdan maqsad mehmonlarni Oʻzbekiston startap ekotizimi, mintaqadagi eng yaxshi startaplar, investorlar va innovatsion kompaniyalar bilan tanishtirishdan iborat.

Tadbir doirasida xorijdan taklif etilgan ekspertlarning chiqishlari rejalashtirilgan.

Startup Summit ochilish marosimida IT Park Uzbekistan bosh direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari Jahongir Rajabov soʻzga chiqib, Oʻzbekiston startap hamjamiyatini rivojlantirish boʻyicha oʻz qarashlari bilan oʻrtoqlashadi.

Tadbirning asosiy voqealari:

  • Startup Base platformasining ishga tushirilishi, bu haqda IT Park Uzbekistan startap ekotizimini rivojlantirish boʻlimi rahbari Jahongir Kagirov aytib beradi;
  • “Oʻzbekiston startap-ekotizimini ochish: venchur kapitalini jalb qilish va global qamrovni kengaytirish” mavzusidagi panel muhokamasi. Moderator sifatida “Silk Road Innovation Hub” asoschisi Asset Abduvaliyev qatnashadi. Muhokamada quyidagilar ishtirok etishadi:
  • Jorj Xeld — “Veon AdTech” kompaniyasi bosh direktori;
  • Feliks Lammers — “Plug and Play Uzbekistan” bosh direktori;
  • Jahongir Rajabov — IT Park Uzbekistan bosh direktorining innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari;
  • Aleksandr Lixtman — “ITCOMMS” asoschisi;
  • Pedro Vieira — “500 Global” kompaniyasi hamkori.
  • “Sturgeon Capital” kompaniyasi hamkori va rahbari Robin Butlerning “Oʻzbekistonda venchur ekotizimining 10 yillik imkoniyatlari” haqidagi maʼruzasi;
  • “YTTB Star Venture” dasturi, YTTBʼning Oʻzbekistondagi bosh menejeri Sherzod Akbarov;
  • “Sturgeon Capital” kompaniyasining “Swift Launch” dasturi, “Sturgeon Capital” venchur hamkori Stiven Lin;
  • Markaziy Osiyo startap va venchur sektorining xalqaro baholanishi, Adrien Xenni, “Alliance-Tech.eu” ijrochi direktori.

Tadbirning yakuniy bosqichi xalqaro venchur fondlari va mahalliy startaplar oʻrtasidagi F2F uchrashuvlar boʻlib, kelajakdagi investitsiyalar va hamkorlik uchun qulay sharoit yaratadi.

Startap jamoalar quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin: https://forms.gle/zwtvnDrcDa2yyXCV8

Investorlar uchun roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/7VDSK69B6cY4iRDt8

Tadbir soat 14:30 da boshlanadi. Tadbir dastur uchun havola: https://drive.google.com/file/d/1muSUXN4o59Rt7PBfGqlj4f-Och8fT6aK/view?usp=sharing

2023-10-18