Joriy yilning 1-dekabridan 11-dekabriga qadar “President Tech Award” tanlovining final bosqichiga yo‘l olgan jamoalar uchun sovrinli o‘rinlarni aniqlash maqsadida onlayn ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Tanlov ishtirokchilari tomonidan ovoz to‘plash jarayonida yo‘l qo‘yilgan bir qator xatoliklar bo‘lgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaatlar kelib tushdi hamda bu holat tanlov ishtirokchilari orasida bahslarga sabab bo‘ldi.
Holatni chuqur o‘rganish maqsadida, joriy yilning 13-dekabr kuni maxsus ishchi guruh tuzildi va ular oldiga huquqshunoslar va xolis ekspertlar ishtirokida kelib tushgan murojaatlarni qonun doirasida ko‘rib chiqish, masalaga oydinlik kiritish va shaffoflikni ta’minlash hamda huquqiy baho berish vazifasi yuklatildi.
Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘rganish jarayonida tanlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom talablari hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan tanlovning maxsus va asosiy yo‘nalishlaridagi loyihalari baholash mezonlari asosida amalga oshirilgani aniqlandi.
Ishchi guruh vakillari tanlov ishtirokchilari tomonidan ko‘tarilgan masalalar keyingi yillarda o‘tkaziladigan tanlovlarni takomillashtirishda inobatga olindi va tanlov jarayonlari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan mezonlar asosida o‘tkazilganligi sababli maxsus portalda yig‘ilgan ovozlar asosida tanlov g‘oliblarni taqdirlash marosimini o‘tkazish maqsadga muvofiqligi tasdiqlandi.
Shuningdek, joriy yilgi tajribadan kelib chiqib, tanlov gʻoliblarini aniqlash tizimi yanada takomillashtiriladi hamda bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, kelgusi yildan boshlab gʻoliblarni aniqlashda ommaviy ovoz berishdan foydalanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar 100 000 AQSh dollari, ikkinchi o‘rin olgan jamoalar 50 000 AQSh dollari va uchinchi o‘rinni olgan jamoalar esa 30 000 AQSh dollariga sazovor bo‘ladilar.
Pul mukofotlarini g‘olib jamoalarga topshirish tartibi quyidagicha:
G‘olib jamoalar yutib olgan pul mukofotining 50% miqdorini darhol qo‘lga kiritadilar, qolgan 50% qismini esa bir yillik amalga oshirish kerak bo‘lgan va kelishilgan maqsad va majburiyatlarni bajarganiga qarab, ikki qismga bo‘lib, to‘lab beriladi.
Jamoatchilik tomonidan ovoz berish jarayoni natijalari bo‘yicha 51 mingdan ortiq ovoz beruvchilar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, 75 mingdan ortiq ovoz berildi.
Tanlovning beshta asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xususan:
Sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishi:
Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar:
Axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar
Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari
Ma’lumot uchun, tanlovning taqdirlash marosimi joriy yilning 25-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
2023-12-22