President Tech Award xakatoni gʻolibini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 1-may kuni umumiy sovrin jamgʻarmasi 1 mln. AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovi yoʻlga qoʻyildi.

Mazkur tanlov 5 asosiy va 1 maxsus (xakaton) yoʻnalishlardan iborat.

  • Asosiy yoʻnalishlarga — 900 ming AQSH dollari
  • Maxsus yoʻnalish (xakaton) — 100 ming AQSH dollari

Maxsus yoʻnalish (xakaton) – bu shartlar asosida 3 kun davomida dasturiy mahsulotning prototipini ishlab chiqish uchun qaratilgan xakaton tanlovi.

Ushbu tanlovga Respublika boʻylab 4 mingdan ortiq arizalar kelib tushgan, ulardan 650 ortiq arizalar Maxsus yoʻnalish (xakaton)ga toʻgʻri keladi va ular 170 ta jamoani shakllantirishdi.

Maxsus yoʻnalish (xakaton) joriy yilning 13-15-oktyabr kunlari Astrum IT-akademiyasida tashkil etildi.

Xakaton hamkorlari sifatida EPAM Systems, Amazon Web Services (AWS), AWS User Group, Plug and Play va Google Developer Groups (GDG) kabi yirik kompaniyalar ishtirok etishdi.

Xakaton davomida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlardan biri boʻyicha yechimlarni ishlab chiqishdi:

● Sunʼiy intellekt texnologiyalari

● Taʼlimda raqamli texnologiyalar

● Sogʻliqni saqlashda raqamli texnologiyalar

● Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar

● Kiber Xavfsizlik sohasidagi texnologiyalar

Xakatonning yakuniy kunida ishtirokchilar tomonidan 3 kun davomida ishlab chiqilgan loyihalarni taqdimoti boʻlib oʻtdi va taqdimot natijalariga koʻra Top 10 eng yaxshi jamoalar aniqlandi.

Top 10 jamoalar roʻyxati:

  • Afshon
  • AI Development Generation
  • Datatech
  • ForeLead X
  • MyWorBaseAI
  • Rammstein Theorem
  • TemuriyDevs
  • TT
  • Tzeentch
  • Zephyr

Joriy yilning 25-oktyabr kuni ICT Week 2023 forumining ochilish marosimida President Tech Award maxsus oʻynalishi boʻlgan xakaton gʻoliblarini 100 000 AQSH dollari bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Rammstein Theorem jamoasi “Sogʻboʻl” — sogʻliqni saqlashda tibbiy maʼlumotlarni tahlil qilish va saqlash uchun sunʼiy intellektga asoslangan platforma loyihasi bilan gʻolib boʻlishdi.

Jamoa aʼzolari: Ziyamova Maftuna Jamshid qizi, Alkamyan David Armenovich, Ablaeva Yasmina Dilyaverovna va Aʼzam Behruz Xusan oʻgʻli

2023-10-25