President Tech Award xakatonining natijalari maʼlum boʻldi

13-15 oktyabr kunlari Astrum IT akademiyasida “President Tech Award” konkursi doirasida xakaton boʻlib oʻtdi. Tadbir Raqamli texnologiyalar vazirligi koʻmagida IT Park tomonidan tashkil etildi. Xakaton hamkorlari sifatida EPAM Systems, Amazon Web Services (AWS), AWS User Group, Plug and Play va Google Developer Groups (GDG) qatnashishdi.

Tanlov davomida beshta yoʻnalishning har birida ishtirokchilarga Plug and Play  koʻmagida ikkitadan vazifalar ishlab chiqilgan, ushbu vazifalardan birini hal qilish taklif qilindi.

1. Sunʼiy intellekt texnologiyalari:

  • ish tanlash uchun intellektual platforma;
  • kasbiy koʻnikmalarni oʻqitish va rivojlantirish.

2. Taʼlimda raqamli texnologiyalar:

  • turli darajadagi bilimlarga ega bolalar uchun personallashtirilgan taʼlim;
  • ijodkorlik va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantirish uchun interaktiv texnologiyalar.

3. Sogʻliqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalar:

  • sogʻliqni saqlash xizmatidan foydalanishni yaxshilash uchun telemeditsinani rivojlantirish;
  • tibbiy maʼlumotlarni tahlil qilish uchun SIʼdan foydalanish;

4. Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar:

  • kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash;
  • jismoniy shaxslar moliyasini samarali boshqarish.

5. Kiberxavfsizlik sohasidagi texnologiyalar:

  • tizimlardagi gʻayritabiiy xatti-harakatlarni tahlil qilish va aniqlash;
  • maʼlumotlarni soxtalashtirishning oldini olish.

Loyihalar dolzarbligi, potensial raqobatdosh ustunliklari, bozor talabi, mahsulotning tugallanganlik darajasi, jamoa salohiyati va texnik amalga oshirish kabi mezonlar asosida baholandi.

Hakamlar hayʼati tarkibiga EPAM Systems va Plug and Play kompaniyalari mutaxassislari kirdi:

  • Aleksandr Vorontsov — EPAM Systems kompaniyasida Senior Software Testing Manager
  • Yekaterina Vashurina — EPAM Systems kompaniyasida Senior Project Manager
  • Aleksandr Trofimenko — EPAM Systems kompaniyasida Senior Engineering Manager
  • Renat Axtyamov — EPAM Systems kompaniyasida Software Engineering direktori
  • Abud Ahmad — EPAM Systems kompaniyasida Senior Project Manager
  • Artur Salixov — EPAM Systems kompaniyasida Software Engineering Team Leader
  • Vadim Zelenkov — EPAM Systems kompaniyasida Talent Development Director
  • Farhod Atakhodjaev — EPAM Systems kompaniyasida Project Manager
  • Andrey Zaporozhan — EPAM Systems kompaniyasida Cloud Engineering Manager
  • Raʼno Sidikova — Plug and Play kompaniyasida Partner Success Manager

Hakamlar hayʼatining baholari va xakaton davomida loyihaning texnik amalga oshirilishi natijalariga koʻra, quyidagi jamoalar eng yaxshi 10 talikka kirdi:

  • Afshon (Jamoa tarkibi: Muhammadjon Yorqinov, Azim Abduxalilov, Bobobek Turdiyev, Javohirbek Xaydarov, Saloxiddin Nuriddinov)
  • AI Development Generation (Asad Oʻktamov, Dilavar Abdullayev, Tigran Grigoryan, Dinara Nasirova, Denis Orazmamedov)
  • Datatech (Jonibek Negmurodov, Bobir Samadov, Nurmuxammad Toʻxtayev, Oʻtkir Xoʻjayev)
  • ForeLead X (Bexruzbek Boltayev, Ogʻabek Shomurotov, Maftun Raxmatov, Suroj Jumaniyozov, Bekturdi Yuldashev)
  • MyWorBaseAI (Muhammadamin Yahyoyev, Raxmatilloxon Xoshimov, Ruslan Qilichev, Doston Kamilov, Nurbek Rustamov)
  • Rammstein Theorem (Maftuna Ziyamova, David Alkamyan, Yasmina Ablayeva, Aʼzam Behruz)
  • TemuriyDevs (Abdulla Abdurazzoqov, Sherzod Mamatmurodov, Sherzod Axmedov)
  • TT (Maqsud Xaydarov, Dilafruz Jumayeva, Azimjon Norqobilov, Furqat Nizomov)
  • Tzeentch (Boris Soyfer, Igor Dostavalov, Aleksandr Shabanov)
  • Zephyr (Bobur Hakimiy, Doniyor Yusupov, Nurmuhammad Xolmuxammadov)

ICTWeek-2023 tadbirida xakaton gʻolibini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi va unda gʻolib xakatonda ishlab chiqilgan loyihani takomillashtirish va amalga oshirishga yordam beradigan $100 000 miqdoridagi grantga ega boʻladi.

2023-10-17