ProQuality mobil veb-avtomatlashtirish boʻyicha onlayn uchrashuv oʻtkazadi

22-iyun kuni soat 12:00 da (Toshkent vaqti bilan) Mobile Web Automation Doing Things the Right Way mavzusida onlayn mitap bolib otadi.

Tadbir spikeri EPAMʼning dasturiy taminot testlarini avtomatlashtirish boyicha yetakchi muhandisi Sergey Dubovik boladi, u mobil veb-avtomatlashtirish sohasida katta tajribaga ega va mitapda oz bilimlari va amaliy konikmalari bilan boʻlishadi.

Uchrashuv mobil veb-avtomatlashtirish mavzusiga va ushbu jarayonga togri yondashishga bagʻishlanadi. Ishtirokchilar mobil veb-avtomatlashtirish boʻyicha ilgor amaliyotlar haqida qimmatli bilimlarga ega boladilar hamda hamkasblar bilan muloqot qilish, tajriba almashish va soha mutaxassislariga savollar berish imkoniyatiga ega boladilar.

Mitapda qatnashish IT bilan shugʻullanadigan muhandislar va mutaxassislar uchun foydali boʻladi, chunki bu ularga hamfikrlar bilan muloqot qilish, sifatni ta’minlashning so‘nggi tendensiyalar va yutuqlaridan xabardor bo‘lish hamda dasturiy ta’minot va IT yechimlarining umumiy sifatini yaxshilash uchun hamkorlik qilish imkonini beradi.

Havola orqali roʻyxatdan oʻtish: https://epa.ms/MOB-Web-Tg-ITparkUZ 

ProQualityʼga qoʻshiling va mobil veb-avtomatlashtirishni qanday qilib toʻgʻri bajarishni bilib oling!

ProQuality – bu dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, test va tegishli sohalarda yuqori sifat standartlarini taʼminlashga qiziqqan mutaxassislarni birlashtirgan hamjamiyat.

Hamjamiyat IT sohasida sifat amaliyotini targʻib qilish va takomillashtirishga qaratilgan turli tadbirlar hamda resurslarni taklif etadi. Bunga bilim almashish, muloqot qilish va muhokama qilish imkoniyatlari, seminarlar, konferensiyalar va onlayn forumlar kiradi, u yerda ishtirokchilar gʻoyalar, ilgʻor tajribalar va soha gʻoyalari bilan almashishlari mumkin boʻladi.

2023-06-12