Qarshi shahrida Startup Garage loyihasining yangi filiali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha AloqaBank, AloqaVentures va Startup Garage tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, 12 ta viloyatda yosh tadbirkorlar va startaplarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Startup Garage filiali ochilish marosimi ikki bosqichda o‘tkazildi:
Marosimning birinchi qismi Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ishtirokchilar va mehmonlar mutaxassislar tomonidan startaplar va investitsiyalar haqida batafsil ma'lumotlarni olishdi.
Startup Garage ofisining ochilish marosimining ikkinchi qismi AloqaBank binosida joylashgan Startup Garage ofisida davom etdi. Ushbu ofis yangi startaplar uchun zarur infratuzilma, ishchi maydon va boshqa xizmatlarni taqdim etuvchi zamonaviy innovatsion markaz bo‘lib xizmat qiladi.
Innovatsion markazlarni joriy yilda, hududlarida ochilish jadvali:
• 16-yanvar – Qashqadaryo;
• 18-yanvar – Surxondaryo;
• 21-yanvar – Samarqand;
• 22-yanvar – Navoiy;
• 23-yanvar – Buxoro;
• 28-yanvar – Nukus;
• 29-yanvar – Xorazm;
• 4-fevral – Namangan;
• 5-fevral – Farg‘ona;
• 6-fevral – Andijon;
• 17-fevral – Jizzax;
• 18-fevral – Sirdaryo;
• 19-fevral – Toshkent viloyati.
Startup Garage qanday imkoniyatlar taqdim etadi?
– Yosh tadbirkorlar va startaplar uchun zamonaviy ish maydoni;
– Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va o‘rganish uchun maxsus muhit;
– Startap ekotizimini rivojlantirish orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash.
Batafsil: Startup Garage
2025-01-16