Qashqadaryo viloyatida mobil dasturlash bo‘yicha “mGov Kashkadarya” tanlovi bo‘lib o‘tadi

Qashqadaryo viloyatida IT Park tomonidan tashkil etilayotgan “mGov Kashkadarya” mobil dasturlash tanlovi bo‘lib o‘tadi.  Ushbu tanlov doirasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mobil ilovalarning prototiplarini taqdim etishlari lozim.

 - tibbiyot;

 - ta’lim;

 - energetika;

 - qishloq xo‘jaligi;

 - qurilish;

 - ijtimoiy himoya;

 - aholi bandligini ta’minlash.

Loyihani baholashda ishlatiladigan asosiy mezonlar quyidagilardan iborat: jamiyat muammosini samarali hal etish, uning innovatsionligi va foydalanish qulayligi.

“mGov Kashkadarya” tanlovi Qashqadaryo viloyatining IT mutaxassislariga o‘zlarini namoyon etish, o‘z potensiallarini ochish va kelajakda as qotadigan kerakli ko‘nikmalarni egallashga imkon beradi.

Barcha xohlovchilar, yoshidan qat’iy nazar, ishtirok etishi mumkin.

Arizalar qabulining boshlanish sanasi: 2021-yil 24-may.

Arizalarni qabul qilish muddati: 2021-yil 26-iyun.

Ariza topshirish uchun havola: https://forms.gle/5MgaZNoWb4Rrxy6r5

Murojaat uchun telefon raqami: +998 99 413 33 56

 

2021-05-24