O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park bosh direktori Farhod Ibragimov Qatar Milliy banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvdan maqsad – hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.
Uchrashuvda mehmonlarga IT Park imkoniyatlari, unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilib, taqdimot o‘tkazildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda biznes-jarayonlari autsorsingini kengaytirish, “Zero Risk” dasturi va bir qator tashabbusli loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston uchun jahon bozorlarda yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etish, raqamli tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalarga e’tibor qaratildi.
2024-03-19