Qizlar uchun bepul intensiv WEB-FULLSTACK kurslari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Amiti universiteti, IT Park va Albison akademiyasi tomonidan WEB-FULLSTACK yo‘nalishi bo‘yicha qizlar uchun ingliz tilida bepul intensiv kurslar tashkil etilmoqda.

Kursning asosiy maqsadi – qizlarning axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishini orttirish hamda sohada o‘z salohiyatini kuchaytirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etish.

Kurs intensiv hisoblanib, mutlaqo bepul va qisqa vaqt ichida dasturchilar tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati 23-martgacha. IT GIRLS kursida qatnashish uchun ishtirokchilar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:

  • 15yoshdan 28 yoshgacha
  • IELTS 7+
  • Shaxsiy noutbuk

Birinchi bosqichda tinglovchilar web-dasturlashning Frontend yo‘nalishi bo‘yicha saboq olishadi. Ikkinchi bosqichda esa, 3 oy Backend yoki mobil-dasturlash kurslariga ham qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Darslar har kuni soat 18:00 - 20:00 gacha Toshkentdagi Amiti Universitetida oflayn tarzida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu kurs dasturlashni o‘rganishni endi boshlagan yoki mustaqil o‘rganishda qiyinchiliklarga duch kelayotgan, shu bilan birga, ingliz tilini mukammal egallagan qizlarga mo‘ljallangan. Kurs davomida barcha qo‘shimcha o‘quv materiallar to‘liq ingliz tilida berib boriladi. Bundan tashqari, doimiy ravishda soft skills bo‘yicha treninglar tashkil etiladi.

Shuningdek, kursni muvaffaqiyatli yakunlagan har bir talaba qiz o‘zi uchun kuchli portfolio yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Dastur Yevropa standartlari asosida tuzilgan bo‘lib, darslar ko‘p yillik tajribaga ega ustozlar tomonidan o‘tiladi.

Bepul kurslarga a’zo bo‘lish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: https://clck.ru/e52BD

Savollar bo‘yicha quyidagi raqamlarga murojaat qiling: +998 99 700 27 57, +998 88 123 80 80 ,+998 90 112 27 57

Batafsil ma’lumot uchun: www.albison.uz

2022-03-20