Qoraqalpogʻiston Respublikasi inkubatsiya dasturiga qabul boshlandi

Loyiha maqsadi – startap gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar va taniqli tadbirkorlarning treninglari va konsultatsiyalari orqali loyihalarni roʻyobga chiqarish.

Inkubatsiya dasturi davrida siz startapingizni takomillashtirishingiz va uni bozorga chiqishga tayyorlashingiz mumkin.

Inkubatsiya dasturida ishtirok etib nimalarga erishasiz:

  • mentorlar yordami;
  • tadbirkorlik va IT sohasidagi mutaxassislardan seminarlar;
  • tanlovlar;
  • networking;
  • investorlarni jalb qilish uchun taqdimotga tayyorgarlik;
  • Loyihangizni taqdim etish orqali investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati!

Dastur innovatsion gʻoyalarga ega barcha yoshlar uchun ochiq va ikki oy davom etadi. Ishtirok etish bepul.

Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati: 27-avgust.

Roʻyxatdan oʻtish: https://forms.gle/GkTeN2fqMThM6DrCA

2023-08-16