Qozog‘istonning Agromarket startapi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

 2022-yil 31-yanvar kuni IT Parkʼga Qozog‘istondagi IT-kompaniyalar guruhi direktorlar kengashi tashrif buyurishdi.

 Qozog‘istonlik mehmonlarga IT Park faoliyati, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar va axborot texnologiyalari sohasidagi islohotlar haqida so‘zlab berildi. Qolaversa, mehmonlarga IT Park ofisi bo‘ylab ekskursiya uyushtirilib, qurilayotgan IT-majmuasi haqida aytib oʻtishdi.

 Bundan tashqari, mehmonlar Qozog‘istonning Agromarket startapi, O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi ekanligi haqida soʻzlab berdilar.

 Agromarket – bu qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga bagʻishlangan platforma boʻlib, fermerlarga oʻz mahsulotlarini oxirgi xaridorlarga vositachilarsiz sotish imkonini beradi.

 Natijada mehmonlar IT-mutaxassislarini tayyorlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar va rivojlanish ko‘lamini ta’kidladilar.  Qolaversa, ular O‘zbekiston bozorining ulkan salohiyatini ta’kidlab, hamkorlik va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirishdi.

2022-02-02