Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi

IT Park rezident kompaniyalarining eksport faoliyatini rag'batlantirish va chet elga ko' rsatilayotgan xizmatlar hajmini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Raqamli texnologiyalar sohasidagi istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab quvvatlash va sohadagi yirik tashkilotlar faoliyatini eksportga yo‘naltirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi (303-son, 29.05.2024 y.).

Mazkur qaror 2024 yil 1-iyul sanasidan kuchga kiradi va unga muvofiq, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish sohasidagi istiqbolli startap-loyihalarni hamda eksport salohiyatiga ega IT-ta'lim xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun tanlov asosida 1 milliard so'mgacha miqdorida maqsadli grantlar ajratiladi.

O'zbekistonni IT hubga aylantirish va IT eksport hajmini oshirish maqsadida, yillik aylanmasi 100 mlrd. so'mdan oshadigan yirik kompaniyalar uchun har chorak yakunlari bo'yicha eksportning minimal darajasi quyidagicha belgilanadi:

•  2024 yil 1 oktabrdan boshlab 10%;
•  2026 yil 1 yanvardan boshlab 20%;
•  2027 yil 1 yanvardan boshlab 35%.

Ushbu qaror asosida IT Park rezidentlarining ajratmalari uchun yangi koeffitsiyent belgilanadi:
1.  Tasdiqlangan minimal eksport ko‘rsatkichiga erishilganda, IT Park ajratmalari 1% miqdorida belgilanadi.
2.  Eksport ulushi minimal chegaradan past bo‘lsa, IT Park ajratmalari 2% miqdorida belgilanadi.

Rezident kompaniyalarning 2 foizlik badallaridan tushgan qo‘shimcha mablag‘lar eksport dasturlarini, shu jumladan mahalliy rezident kompaniyalarning eksportini rivojlantirish, xususan, respublika hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratish, startap loyihalar va venchur fondlarni investitsiyalash va qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalliy rezident kompaniyalarni xalqaro bozorda taqdim etish va motivatsiya tizimini ishlab chiqish uchun yo‘naltiriladi.

Bundan tashqari, IT Park rezidentlarining faoliyat turlari ro'yxati kengaytirildi: endi ikki yoki undan ortiq davlatda xizmat ko'rsatadigan kompaniyalar, agar umumiy xizmatlar hajmida eksport ulushi mahalliy bozorda ko'rsatilgan xizmatlar hajmidan oshsa, IT Park rezidenti maqomini olishlari mumkin.
Eslatib o'tamiz, IT Park rezidenti maqomini bajarmaganligi uchun 1-chorak natijalari bo'yicha 101 ta kompaniya IT Park rezidenti maqomidan mahrum qilindi. Shunday qilib, 2021 yildan beri IT Park rezidenti maqomidan mahrum qilingan kompaniyalar soni 631 tani tashkil etdi.

2024-05-29